Alladustova Iroda Ulugmuratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Panjaradagi ikkita bir xil zarrachali sistemaga mos diskret Shredinger operatori xos qiymatlari soni va o‘rni», 01.01.01 – “Matematik analiz”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM____.
Ilmiy rahbar: Laqaev Saidaxmat Norjigitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.FM.02.01.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiboev Maxmadiyor Umirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Bozorov Islom Namozovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bir o‘lchamli panjaradagi bir va ikki zarrachali diskret Shredinger operatorlarining spektral xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir o‘lchamli panjarada eng yaqin qo‘shni tugunlarda va keyingi yaqin  qo‘shni tugunlarlarda ta’sirlashuvchi sistemalarga mos diskret Shredinger operatorlarining muhim spektrlardan tashqaridagi xos qiymatlari soni va joylashgan o‘rni ta’sirlashish parametrlarining barcha qiymatlarida aniq topilgan;
o‘lchami birga teng bo‘lgan panjarada rangi ikkiga teng ixtiyoriy ishorali potensial orqali o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita bir xil fermionlar sistemasiga mos ikki zarrachali diskret Shredinger operatorining muhim spektrdan tashqaridagi xos qiymatlari soni ta’sirlashish parametrlari va kvaziimpulsga bog‘liq ravishda aniqlangan;  
panjara o‘lchami birga teng bo‘lganda rangi ikkiga teng ixtiyoriy ishorali potensial orqali o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita bir xil fermionlar sistemasiga mos ikki zarrachali diskret Shredinger operatorining bo‘sag‘a rezonanslari mavjudligi ta’sirlashish parametrlari va kvaziimpulsiga bog‘liq ravishda isbotlangan;
bir o‘lchamli panjarada bir zarrachali diskret Shredinger operatori muhim spektrdan tashqarida  nolta, bitta, ikkita yoki uchta xos qiymatlarga ega bo‘ladigan shartlar ta’sirlashish parametrlariga bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir o‘lchamli panjaradagi bir zarrachali hamda ikkita bir xil zarrachali sistemaga mos diskret Shredinger operatori xos qiymatlari soni va o‘rniga oid olingan natijalar asosida:
bir o‘lchamli panjaradagi bir va ikki zarrachali diskret Shredinger operatorlarining xos qiymatlari soni va o‘rnini aniqlash usullaridan OT-F4-66 (2017-2020 yy.)  “Panjaradagi chekli sondagi zarrachalar sistemasi modellari. Energiya operatorlarining muhim va diskret spektrlari” mavzusidagi loyihada yuqori o‘lchamli panjaralardagi bir va ikki zarrachali diskret Shredinger operatorlarining xos qiymatlari soni va o‘rnini aniqlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 27 dekabrdagi 10-6022-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bu operatorlarning muhim spektrdan quyi va yuqoridagi  xos qiymatlari soni va joylashuvini operator parametrlariga bog‘liq ravishda aniqlash imkonini bergan; 
parametrlar tekisligini, xos qiymatlar soni o‘zgarmaydigan, bog‘langan sohalarga ajratish va bu bo‘linishning operatorga mos Fred`golm determi-nantining spektr bo‘sag‘alari atrofidagi asimptotik yoyilmalarining dastlabki ikkita koeffisientiga bog‘liqligini ko‘rsatish usullaridan  OT-F4-69 (2017-2020 yy.) «Garmonik analiz, darajali geometriya va ularning matematik fizika masalalariga tatbiqlari» mavzusidagi fundamental loyihada so‘ndiruvchi ko‘paytuvchili tebranuvchan integrallar asimptotik yoyilmasi bosh hadini hisoblashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 27 dekabrdagi 10-6023-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Gel`fand-Lere  funksiyasining ma’lum qiymati atrofi bo‘yicha integrallanuvchi bo‘lishi uchun mos differensial forma zichlik funksiyasiga zaruriy va etarli shartlarni aniklash hamda Gel`fand-Lere funksiyasining kritik qiymat atrofi bo‘yicha olingan integralini baholash imkoniyatlarini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish