Alimov Uchqun Zoirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poliz mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1PhD/Iqt1974
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umurzakov O‘ktam Pardayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davletbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polizchilik mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polizchilik tarmog‘ida mahsulotni yo‘qotilish darajasini “Toifa usuli” orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “Tabiiy yo‘qotish” koeffisientini nazarda tutgan holda takomillashtirilgan;
polizchilik tarmog‘ida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yopiq tizim qurish va unda mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan tabaqali subsidiyalash mexanizmlari asoslangan;
poliz urug‘chiligini rivojlantirish, mahalliy nav va duragaylarni saqlash va qayta ishlashni rag‘batlantirish maqsadida urug‘chilik klasterlarini tashkil etish tavsiya etilgan;
iqlim o‘zgarishlari sharoitida Sirdaryo viloyatida poliz mahsulotlarini yetishtirish hajmi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poliz mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
poliz mahsulotlarini yetishtirishda yo‘qotish darajasini baholash uslubiyoti bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 07/34-05/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubni joriy etish orqali polizchilik xo‘jaliklarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini 10-15 foizga oshirishga erishilgan;
polizchilik tarmog‘ida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yopiq tizim qurish va unda mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan tabaqali subsidiyalash mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 07/34-05/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar poliz yetishtiruvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashning bozor mexanizmlarini joriy etishga xizmat qilgan holda polizchilik tarmog‘ining rivojlanishiga ijobiy samarasini bergan;
poliz urug‘chiligini rivojlantirish, mahalliy nav va duragaylarni saqlash va qayta ishlashni rag‘batlantirish maqsadida urug‘chilik klasterlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 07/34-05/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif poliz yetishtiruvchilarga resurslar ta’minotini tizimli tashkil etish, shuningdek, xizmatlar bozorida tanlov erkinligini ta’minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini 20 foizgacha ortishiga xizmat qilgan;
iqlim o‘zgarishlari sharoitida Sirdaryo viloyatida poliz mahsulotlarini yetishtirish hajmi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 07/34-05/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilga borib, Sirdaryo viloyatida poliz mahsulotlarini yetishtirish hajmi 302,6 ming tonnagacha oshishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish