Abdisattorov Davron Nazirxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Suyuqlik va gazlarni tozalash uchun ichki yonuv dvigatellari (IYoD) fil`tr elementlari olish texnologiyasini kukunli metallurgiya usulida ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3218.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjan Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjan Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cuyuqlik va gazlarni tozalash uchun ichki yonuv dvigatellari (IYoD) fil`tr elementlari olish texnologiyasini kukunli metallurgiya usulida ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik o‘lchamga ega bo‘lgan metall kukuni zarrachalaridan tayyorlangan xomashyo g‘ovaklariga ko‘p marotaba kichik metall kukuni zarrachalarini gaz-chang-havo oqimi orqali kiritish usuli ishlab chiqilgan; 
xomashyo g‘ovaklariga kichik metall kukuni zarrachalarini gaz-chang-havo oqimi orqali ko‘p marotaba kiritishda uning asosiy hususiyatlarini bog‘lovchi model yaratilgan va o‘tkazuvchan material g‘ovaklarining o‘zgarishi va taqsimlanishini aniqlovchi kinetik tenglamasi asoslangan;
xomashyo g‘ovaklariga kichik metall kukuni zarrachalarini gaz-chang-havo oqimi orqali ko‘p marotaba kiritish texnologik jarayonidagi asosiy texnologik parametrlari: g‘ovaklilik, g‘ovak o‘lchami, o‘tkazuvchanlik koeffisienti va egilishdagi mustahkamligi aniqlangan;
kompozision g‘ovakli fil`tr elementlarining ekspluatatsion xususiyatlari an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga qaraganda o‘tkazuvchanligi 2 marotaba, mexanik mustahkamligi 2 marotaba va ishlash muddatini 3 martaga oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suyuqlik va gazlarni tozalash uchun ichki yonuv dvigatellari (IYoD) fil`tr elementlari olish texnologiyasini kukunli metallurgiya usulida ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p marotaba cho‘ktirish usuli orqali olingan kompozision g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallar Farg‘ona viloyati «Kuvamashtex servis» MChJ korxonasida traktorlarning fil`tr elementlari sifatida joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki yonuv dvigatellaridagi (IYoD) giravlik tizim suyuqliklarining o‘tkazuvchanligini 2 martaga, jarayon unumdorligi va fil`tr elementining ishlash muddatini 3 martaga oshirish imkonini bergan;
metall kukunlaridan tayyorlanilgan kompozision g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallar Farg‘ona viloyati «Kuvamashtex servis» MChJ korxonasida MTZ 80X markali traktor dvigatellaridagi moylarni tozalash uchun joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlangan o‘lchamga ega bo‘lgan kompozision g‘ovakli fil`tr materiallarining mexanik mustahkamligini 2 baravarga oshirish va ishlab chiqarishdagi ekspluatatsion sarf harajatlarni 20% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish