Bahromov Hasan Qayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Belgilangan xossali organik tuzlarning (aminokislotalar va gidroksibenzoy kislotalari amidlari ishtirokida) olinishi va xossalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K404.
Ilmiy rahbar: Niyazov Laziz Nurxonovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Vapoev Xusniddin Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroksibenzoy kislota va aminokislotlardan amid hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ular asosida olingan yangi turdagi tarkiblarning antibakterial xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroksibenzoy kislota izomerlari - glisin, α-aminopropion-, ɣ-aminomoy kislotalar asosida erituvchilar DMFA, atsetonitril va dimetilefir muhitida, past 0 - 5 C xaroratlar chegarasida, gidroksibenzoy kislota amidlarini 78 - 93 % unum bilan hosil bo‘lishi isbotlangan;
gidroksibenzoy kislotalar amidlari va natriy, kaliy, kal`siy, temir, nikel`, kobal`t, rux, xrom kationlaridan suvsizlantirilgan sharoitlarda 81 - 97 % unum bilan tuzlar hosil bo‘lishi asoslangan;
molekulasiga metall kationlari kiritilgan gidroksibenzoy kislota amidlari Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Escherichia coli va Streptococcus faecalis (Enterococcus spr) bakteriyalarga nisbatan biologik faolligi aniqlanib, tuproqning unumdorligini oshirishda samarali ta’siri isbotlangan;
molekulasiga natriy, kaliy va temir kationlari kiritilgan gidroksibenzoy kislota amidlari chigitning fuzarioz vilt kasalligini 5, 9,5 va 10,2 % ga kamaytirish, hosildorlikni gektaridan 2,60, 2,78 va 3,01 sentnerga oshirishi aniqlangan;
gidroksibenzoy kislota va aminokislotlardan amid hosilalari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gidroksibenzoy kislota va aminokislotlardan amid hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ular asosida olingan yangi turdagi tarkiblarning antibakterial xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-(2-gidroksibenzamido)atsetamido)etan kislotaning temir (III) va rux tuzi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Zuxro agro» fermer xo‘jaligida o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 04/22-04/4636-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za barglarida xlorofill moddalar miqdori ortishi bilan barg plastinkalasi qalinlishib, hashoratlarning zararini kamaytirish, ko‘saklarning pishib etilishini 3.5-5.6 % tezlashtirish va hosildorlikni gektaridan 2.6-3.0 sentnerga oshirish imkonini bergan;
2-(2-gidroksibenzamido)-atsetamido)-etan kislotaning temir (III) va rux tuzi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Zuxro agro» fermer xo‘jaligida o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 04/22-04/4636-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitning unuvchanligi va g‘o‘za o‘simligi o‘sishini tezlashtiruvchi, vilt, gommoz kasalliklarigi qarshi preparat yaratish imkonini bergan.