Djaksimuratov Karamatdin Mustapaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Erosti suvlaridan kompleks foydalanish uchun faol suv almashinuvi zonalarining gidrogeologik sharoitini baholash (Qoraqalpoq Ustyurti misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/GM55.
Ilmiy maslahatchi: Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Djumanov Jamoljon Xudoykulovich, texnika fanlari doktori, professor; Shoymuratov Tuychi Xalikulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erosti suvlaridan kompleks foydalanish uchun Qoraqalpoq Ustyurtining faol suv almashinuvi zonalarining gidrogeologik sharoitini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq Ustyurtining taqir osti suvlari faol suv almashinuvi zonasini fazoviy ajratish va parametrlashtirish metodologiyasi takomillashtirilgan;
Qoraqalpoq Ustyurtining erkin suv almashinuvi zonalarida tabiiy, geologik-gidrogeologik va tektonik omillarning erosti suvlariga ta’siri asoslangan;
faol suv almashinuvi zonalari uchun atmosfera yog‘inlari va taqir osti oqimining migratsiya chuqurligi – lk qiymatini aniqlash nazariy jihatdan asoslangan;
Qoraqalpoq Ustyurti uchun neogen-to‘rtlamchi davr yotqiziqlari nurashining prinsipial sxemasi ishlab chiqilgan;
faol suv almashinuvi zonalarida taqir oqimi va taqir osti suvlaridan optimal foydalanish uchun muhandislik inshootlarining ishchi modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq Ustyurtining faol suv almashinuvi zonalarida erosti suvlarining gidrogeologik sharoitlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taqir osti suvlari faol suv almashinuvi zonasini fazoviy ajratish va parametrlashtirishning asoslangan metodologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2022 yil 23 noyabrdagi 06-732-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpoq Ustyurtining Uru uchastkasida taqir osti suvlarining faol suv almashinuvi zonasini ajratish imkonini bergan;
faol suv almashinuvi zonasida taqir osti suvlari oqimi hosil bo‘lishining chegaraviy shartlarini aniqlashning taklif qilingan usuli hamda atmosfera va er usti oqimining migratsiya chuqurligi – lk qiymatining nazariy asoslangan aniqlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2022 yil 23 noyabrdagi 06-732-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpoq Ustyurtining sharoiti o‘xshash hududlar uchun Uru uchastkasida o‘tkazilgan eksperimentlarni samarali qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpoq Ustyurti uchun ishlab chiqilgan neogen-to‘rtlamchi davr yotqiziqlari nurashining prinsipial sxemasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2022 yil 23 noyabrdagi 06-732-son ma’lumotnomasi). Natijada, erkin suv almashinuvi zonalaridagi taqirlar atmosfera oqimlari va taqir osti suvlari to‘planuvchi tabiiy saqlagich bo‘lib xizmat qiladigan nurash zonalarini aniqlash imkonini bergan;
shakllantirilgan chuchuk erosti suvlari zaxiralarini sun’iy to‘ldirishni gidrogeologik asoslashning ilmiy asosi va yaratilgan muhandislik inshootlarining ishchi modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2022 yil 23 noyabrdagi 06-732-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpoq Ustyurtida ichimlik suvi, sayoz vohalarni sug‘orish, chorva mollarini sug‘orish, shuningdek, neft` va gaz qazib oluvchi tashkilotlarning texnik ehtiyojlari uchun yaroqli chuchuk suv manbalarini yaratish uchun faol suv almashinuvi zonalarida taqir oqimi va taqir osti suvlaridan optimal foydalanishni asoslash imkonini bergan.