Niyazov Daniyar Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan flokulyantlar yordamida oqava suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3434.
Ilmiy rahbarlar: Saydaxmedov Shamsiddin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Turobjonov Sadritdin Mahamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Adizova Nargiza Zamirovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: «Nitron» tolasini ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ikkilamchi mahsulot asosida gidrofob radikallari saqlagan flokulyantlar olish va F-3 seriyali flokulyanti bilan bog‘langan neft shlami yordamida qurilish bitum kompozisiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Nitron» tolasi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindilari asosida «F» seriyali yorqin flokullash hossasiga ega bo‘lgan yangi polifunksional polielektrolitlar olingan;
olingan polielektrolitlarning fizik-kimyoviy va kolloid hossalari hamda flokullashda yonaki kiritilgan uglevodorod radikali uzunligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
olingan F-3 seriyali flokulyanti oqava suvlarni neft va neft mahsulotlaridan tozalash darajasi amalda qo‘llanilayotgan poliakrilamid (PAA) flokulyantiga nisbatan 7% ga samarali ekanligi aniqlangan; 
BN 70/30 markali bitumga 10 % mass. miqdorda F-3 seriyali flokulyanti bilan bog‘langan neft shlami qo‘shilishi bilan bitumning yumshash harorati 6 C, chaqnash harorat 12 C ga ko‘tarilishi aniqlanib, issiq bardoshliligi ortishi isbotlangan;
F-3 seriyali flokulyanti bilan bog‘langan neft shlami yordamida qurilish bitumi kompozisiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neftni qayta ishlashda chiqadigan texnik oqava suvlarning tarkibidagi neft mahsulotlarini flokulyant yordamida tozalash va F-3 seriyali flokulyant bilan bog‘langan neft shlamidan foydalanib qurilish bitum kompozisiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Nitron» tolasi chiqindisi asosida olingan flokulyant yordamida tozalash texnologiyasi «Chinoz NQIZ» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 1 martdagi 03-17-5/33-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqova suvlarini neft va neft mahsulotlaridan tozalashda foydalaniluvchi poliakrilamid flokulyantni almashtirish imkonini bergan;
«Nitron» tolasi chiqindisi asosida olingan flokulyant yordamida oqava suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘xati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 03 martdagi 03-02/07-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, F-3 seriyali flokulyant yordamida texnik oqava suvlardagi neft mahsulotlari miqdorini 0,16 mg/l gacha kamaytiri imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish