Sirojov Talant Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3104.
Ilmiy rahbar: Tolibov Behzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Shodiev Abbos Ne’mat o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis boyitish fabrikasi chiqindilarining fazalarining bo‘linishida ularning mineralogik va kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
kuyindidagi temir va boshqa birikmalarning Angren ko‘miri yordamida qaytarib, kuydirishning optimal parametrlari aniqlangan;
kuyindidan magnitli separator yordamida magnitli fraksiya tarkibiga temirni o‘tkazish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
magnitsiz fraksiyadan sul`fat kislotasi ishtirokida misni tanlab eritish va eritmadan misni temir bo‘lagi bilan optimal 90ºS haroratda sementatsiyalash usuli orqali mayin dispersli mis kukuni olish jarayonining samaradorligi aniqlangan;
tanlab eritish jarayonida qolgan kek tarkibidan oltin va kumushni ajratib olishning texnologik parametrlari va muqobil usuli aniqlangan;
mis ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan va «Olmaliq KMK» AJ sharoitida misni tayyor mahsulot mis kukuni sifatida va temirni kompleks ajratib olish jarayonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mis ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlashning takomillashtirilgan pirometallurgik va gidrometallurgik kompleks texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil
24 fevraldagi 02-23/01-0272-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 90 % temir bo‘lgan magnitli fraksiya va mis kukunini olish imkonini bergan;
2-Mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda qo‘llaniladigan takomillashgan texnologik jarayonlarning optimal parametrlari «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 24 fevraldagi 02-23/01-0272-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga qo‘shimcha ravishda 38,25 tonna mis va 1031,24 tonna temir ajratib olish imkonini bergan.