Sodiqova Shoira Abdurazzaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qand jo‘xori (Sorghum saccharatum Pers.) ekstrakti qo‘shilgan bolalar taomlarining oziqaviy qimmati va parhezlash xossalarini tadqiq etish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2065.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Choriev Abdusattor Juraevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy xomashyo qand jo‘xori poyasi sharbati va konsentrati asosida konservalangan bolalar taomlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qand jo‘xori poyasidan sharbat va konsentrat olish texnologiyasi yaratilgan;
qand jo‘xori sharbati, konsentrati va tayyor mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, organoleptik va mikrobiologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qand jo‘xori sharbati va konsentrati asosida bolalar uchun mo‘ljallangan konserva mahsulotlarining resepti va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qand jo‘xori sharbati va konsentratidan bolalar taomlarini tayyorlashda foydalanish mahsulotning energetik va biologik qiymatini oqsil, mineral moddalar va vitaminlar hisobiga oshishi aniqlangan;
qand jo‘xori sharbati va konsentrati asosida bolalar taomlari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Konservalangan bolalar taomlari texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qand jo‘xori (Sorghum saccharatum Pers.) poyasidan sharbat va konsentrat olish, hamda bolalar uchun konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda shirin komponent sifatida qo‘llash texnologiyasi «YANGIKURGAN AGRO INVEST» va «BEST TASTES TECHNOLOGY» MChJlarning «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yilning 21 iyunidagi 21-73/06-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, qand, uglevodlar, mikro- va makroelementlar hamda vitaminlarga boy iste’mol uchun xavfsiz konsentrat ishlab chiqarish imkonini beradi;
qand jo‘xori (Sorghum saccharatum Pers.) poyasidan sharbat va konsentrat olish texnologiyasi «RIVOJ AGRO LYUKS» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2022 yilning 21 iyunidagi 21-73/06-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziqaviy va energetik kimmati yuqori bo‘lgan bolalar uchun tabiiy konserva mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish