Raximov G‘anisher Xudoyqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishi (sotsiolingvistik va pragmatik jihatlari)», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.4.DSc/Fil43.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor, Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; S`yu Garton, filologiya fanlari doktori, professor, (Buyuk Britaniya)
Yetakchi tashkilot: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti Qozog‘iston filiali (Ostona).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik...
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi kommunikativ munosabatlarda tutgan o‘rni, sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til variantlashuviga ta’sir qiluvchi omillarning lingvistik va ekstralingvistik tabiati sotsiolingvistik, pragmatik, kommunikativ-kognitiv tamoyillar tatbig‘ida isbotlangan;
ingliz tilidan lingua franca va xalqaro muloqot vositasi sifatida foydalanilganda kommunikativ vazifaning faollashuvi, olamni bilish jarayonida namoyon bo‘ladigan kognitiv vazifa ijrosi esa ona (o‘zbek) tili zimmasiga tushishi dalillangan;
o‘quv materiallarini tanlashda mamlakatimizda amalda bo‘lgan English lingua francaning aniq bir millat yoki madaniyatga tegishliligini, globallashgan til turli milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish uchun xizmat qilishini inobatga olish zarurligi isbotlangan;
mamlakatimizda xalqaro muloqot vositasi va lingua franca sifatida foydalanilayotgan ingliz tilining sotsiolingvistik, etnopragmatik belgilari aniqlangan;
xorijiy tildagi diskursiv faoliyat, nutqiy aktlar, milliy madaniyatga xos me’yoriy qoidalarni tizimlashtirishga yo‘naltirilgan lisoniy-tafakkur harakatlar majmuasi tavsiflangan;
ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishida standart variantdan foydalanish muhitida yuzaga keladigan aksent hodisasining lingvopedagogik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishining sotsiolingvistik hamda pragmatik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
sotsiolingvistik, pragmatik, kommunikativ-kognitiv tamoyillar bo‘yicha isbotlangan lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlar tahlili yuzasidan berilgan takliflardan ITD-1-119 raqamli O‘zbek adabiyoti antologiyasini ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari» loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1409-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tatbig‘i asosida «O‘zbek adabiyoti antologiyasi» nazariy jihatdan mukammalashgan;
ingliz tilidan lingua franca va xalqaro muloqot vositasi sifatida foydalanilanish imkoniyatlarini ta’minlashga oid nazariy xulosalardan OT-A1-53 raqamli loyiha doirasidagi Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun «Translation in Use» darsligini yaratish va nashr qilish»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1409-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» darsligi yaratilgan;
ingliz tilining sotsiolingvistik belgilari tadqiqi asosida olingan nazariy xulosalar OT-F8-062. «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1409-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, xususan, til siyosati va vaziyati bilan bog‘liq materiallar kechayotgan etnolingvistik jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
amaldagi ingliz tilining aniqlangan etnopragmatik belgilari bo‘yicha shakllantirilgan ilmiy xulosalardan ingliz tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma va 2–3-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “Kid’s English” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazining 2017 yil 12 dekabrdagi 01/11-01/07-1798-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi 1–2-sinf ingliz tili o‘qituvchilarining metodik qo‘llanmasi hamda 2–3-sinf «Kid’s Englsh» darsliklarining mukammallashuviga yordam bergan;
ingliz tilining lingua franca variantidan ta’lim tizimida foydalanish metodologiyasiga oid xulosalar Aston (Angliya), Voronej (Rossiya) va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlari hamkorligidagi «Developing of Teaching of European langugaes» loyihasiga tatbiq etilgan (Aston universitetining 2018 yil 8 yanvardagi, Voronej davlat universitetining 2017 yil 22 dekabrdagi 301421-025-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘quv materiallarini tanlash, ularni standart til me’yorlariga moslashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar DeTEL online o‘quv portaliga yuklangan va tinglovchilarga etkazilgan. Bu yosh tadqiqotchilarning lisoniy hodisalarning milliy-madaniy xususiyatlariga oid ilmiy ishlarini dunyo miqyosida tanishtirishga turtki bergan.