Yuldasheva Xalima Muxitdinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruhning poetik ifodasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1754.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruhning mazmun va shakl, obraz va uslub vositasida poetik ifodalanishi xususiyatlarini aniqlash, ijodkor badiiy tafakkurida namoyon bo‘lishiga xos adabiy-estetik qonuniyatlarni ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Erkin Vohidov she’riyatida poetik mazmun va milliylik o‘rtasidagi uyg‘unlik milliy ruhning urf-odat, an’ana va qadriyatlar vositasida, millatning o‘z-o‘ziga baho berish salohiyati orqali hamda milliy shaxsiyatning badiiy suvratlanishi timsolidagi ifodasi tarzida uch nazariy asosga tayanishi aniqlangan;
shoir lirikasida milliylik o‘ziga xos aks etgani ijodkorning milliy ruh ifodasida mumtoz she’riyatning yetakchi tizimi bo‘lgan aruzdan hamda g‘azal, qasida, muxammas kabi mumtoz poetik janrlar imkoniyatlaridan mohirona foydalangani, ushbu janrlarga novatorona yondashib, ularni grafik jihatdan yangicha shakllantira bilgani, tatabbu va tazmin vositasida salaflar ijodiy tajribalari poetik umumlashtirilgani singari tamoyillar orqali isbotlangan;
ijodkor she’riyatida milliy ruhning poetik voqelanishida inson, do‘st, ota-ona, bola kabi obrazlar yetakchi xususiyatga ega ekani, bu obrazlarda o‘zbek ruhiyati milliy va umumbashariy g‘oyalar uyg‘unligida ifodalangani, Vatan va xalq obrazlari esa an’ana va yangilik sintezi zamiriga qurilib, badiiy qudrat va takomilga erishgani nazariy asoslangan;
o‘zbek ruhiyati ifodasida xalqona uslubning ahamiyati vazn, til, shakl orqali, shuningdek, mutoyiba, maqol, hikmat singari kichik janrlar kontekstida aniqlangan hamda milliy ruh suvratlanishida mumtoz poetik ifoda usulining o‘rni esa mazmunni didaktika asosiga qurish, an’anaviy obrazga yangicha ma’no yuklash, fikrni badiiy san’atlar bilan ziynatlash kabi Erkin Vohidov ijodiga xos usullar vositasida ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin Vohidov sheriyatida milliy ruhning badiiy tasviri tadqiq bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Erkin Vohidov she’riyatida poetik mazmun va milliylik uyg‘unligi milliy ruhning urf-odat, an’ana va qadriyatlar vositasida, millatning o‘z-o‘ziga baho berish salohiyati orqali hamda milliy shaxsiyatning badiiy suvratlanishi kabi nazariy asoslarga tayanishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 30-noyabrdagi 04/1-3237-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruhning poetik voqelanishida inson, do‘st, ota-ona, bola kabi obrazlar yetakchi xususiyatga ega ekani, ularda o‘zbek ruhiyati milliy va umumbashariy g‘oyalar mutanosibligida ifodalangani, Vatan va xalq obrazlari esa an’ana va yangilik sintezi zamirida takomilga erishganiga doir tahliliy fikrlar bilan boyitilgan;
Erkin Vohidov lirik asarlari misolida zamonaviy o‘zbek she’riyatining nazariy asoslari hamda milliy ruh va poetik tasvir mutanosibligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan -ECAGD-18-CF-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microssholaship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 23-noyabrdagi 04/1-803-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin Vohidov she’riyati misolida o‘zbek ruhiyati ifodasida xalqona uslubning ahamiyati vazn, til, shakl orqali, shuningdek, mutoyiba, maqol, hikmat singari kichik janrlar kontekstida aniqlanganiga doir fikrlar yangi ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Erkin Vohidov milliy ruh ifodasida mumtoz she’riyatning yetakchi tizimi bo‘lgan aruzdan, g‘azal, qasida, muxammas kabi mumtoz poetik janrlardan mohirona foydalangani, Vatan va xalq obrazlari esa an’ana va yangilik sintezi zamiriga qurilib, badiiy qudrat va takomilga erishgani bilan bog‘liq yangi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Mavzu”, “Taqdimot” va “Aslida qanday...?” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020-yil 6-dekabrdagi 06-28-2003-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruh ifodasiga doir asosli ilmiy faktlar bilan boyigan.