Raxmonov Elyor Abdullajonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni (1991-2020 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar955.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlar doktori (DSc); Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2020-yillarda aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni, muammolari va o‘zgarishlarni Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash tizimining shakllanishi, dastlabki yillarda mavjud ommaviy ijtimoiy himoya tizimidan maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya mexanizmiga o‘tilishi, uning o‘ziga xos jihatlari ijtimoiy muammolarning murakkablashuvini oldini olishining obyektiv va subyektiv sabablari ochib berilgan;
aholini ijtimoiy himoyalash tizimida inson omilining yuqoriligi, sohaga ahborot tizimlarini yetarli tatbiq etilmaganligi ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimida salbiy holatlarni yuzaga keltirganligi, yangi islohotlar davrida sohaga axborot tizimlarini keng tatbiq etilishi, yangicha yondashuvlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmini soddalashtirilishi aholi turmush darajasining oshishiga va ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlar sonining kamayib borishiga olib kelganligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlariga xos bo‘lgan demografik xususiyatlar – aholi o‘sish dinamikasi va aholi zichligining yuqoriligi, qishloq xo‘jalik yer maydonlarining ozligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, yangi islohotlar davrida mintaqa demografik xususiyatini hisobga olgan holda alohida yondashuvlarni keng joriy etilganligi ochib berilgan; 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, huquqiy mexanizmlarining soddalashtirilishi natijasida hududlarda kichik va o‘rta biznes hamda xizmatlar sohasida faoliyat olib boruvchi qatlamning shakllanishi aholi bandligi va daromadlarini ortib borishiga xizmat qilganligi ko‘rsatilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysida 1991-2020-yillarda aholini ijtimoiy himoyalash jaarayonining shakllanishi, bosqichlari, yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida berilgan ma’lumotlar, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayoni yoritilganligi to‘g‘risida ma’lumotlardan ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 29-avgustdagi 02/02/1284 in-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ilmiy xulosalari sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar yo‘nalishi 10-bandi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan;
O‘zbekistonda 1991-2020-yillarda aholining ijtimoiy himoyalash tizimining shakllanishi, uning huquqiy asoslarini yaratilishi, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar, Yangi O‘zbekiston sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilganligi, xususan, 2017-yildan boshlangan yangi islohotlar davrida respublika miqyosida ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha mutlaqo yangicha “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” kabi yondashuvlar joriy etilib, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmi soddalashtirilganligiga oid ilmiy xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 29-avgustdagi 485-29-4426-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan ma’lumotlar Farg‘ona vodiysida 1991-2020-yillarda aholining ijtimoiy himoyalash jarayoni to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish