Tajiev Sirojbek Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlarda surunkali vena etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1285.
Ilmiy rahbar: Sunnatov Ravshan Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xayaliev Rustem Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malkasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: vakuum terapiya bilan endovenoz lazerli obliteratsiyadan kompleks foydalanishni asoslash orqali varikoz kasalligi fonida trofik yaralari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yara jarayonining kechish bosqichiga bog‘liq xolda mikrobial ifloslanishni sezilarli darajada kamaytirishga va infisirlangan yarani sanatsiya koeffisientini oshirishga imkon beruvchi trofik yaralarni sanatsiya qilish usuli takomillashtirilgan;
trofik yara bilan asoratlangan varikoz kasalligini davolashda yallig‘lanish reaksiyasining pasayishi va to‘qimalar regeneratsiyasining kuchayishi shaklida yaraning morfologik tadqiqotlari orqali tasdiqlangan vakuum terapiyasini o‘tkazishning optimal rejimi aniqlangan;
venoz yara sohasini kattalashish yoki bitish dinamikasini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni xotirada saqlashga imkon beruvchi xamda zararlanish hajmini tez va aniq aniqlash uchun trofik yaraning maydonini baholovchi «Wound size detector» android dasturi ishlab chiqilgan;
surunkali venoz etishmovchilikda takomillashtirilgan tashxisot va davolash algoritmi ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan kompleks qiyosiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diabetik panja sindromida oyoqlarda bajariladigan rekonstruktiv plastik tashrixlarni takomillashtirish orqali neyrotrofik yaralarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
surunkali venoz etishmovchiligini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali venoz etishmovchiligini davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-02977-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar xirurgik aralashuvning maqbul hajmini va trofik yaralarni davolashning samarali usulini tanlashga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-02977-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish og‘riqning kamayishi va yo‘qolishi, trofik yaralar maydonining kichrayishi, yallig‘lanish bosqichi davomiyligining qisqarishi va shunga mos ravishda bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqarishi xisobiga trofik yarasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan.