Xamidova Muborak Ubaydullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish texnologiyalari», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped79.
Ilmiy rahbar: Nurkeldiyeva Dilbar Axmadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboyev Sirojiddin Faxritdinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish imkoniyatlari jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv va ijtimoilashuvga qaratilgan pedagogik mikromuhitni yaratish hamda tashkiliy-uslubiy, protsessual - texnik, kabiy-malakali omillarning ko‘rsatkichlarni adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish mezonlari ijtimoiy-pedagogik sherikchilikning psixologik-pedagogik imkoniyatlarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, multidisiplinar omillarni baholash hamda verbal va noverbal aloqalarni izchil adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish modeli individual va differensial topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish, nutq va tafakkur bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan kommunikativlik komponentlarini faollik va faoliyatlilik tamoyillari hamda empatiya, moslashuvchanlik, hissiy jozibadorlik sifatlari bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish texnologiyasi korreksion-pedagogik ish hajmini differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan ta’lim jarayoni traektoriyasiga intensiv moslashtirish hamda mustaqil ishlarni refleksiv bajarishga o‘rgatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish imkoniyatlari jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv va ijtimoilashuvga iaratilgan pedagogik mikromuhitni yaratish hamda tashkiliy-uslubiy, protsessual –texnik, kabiy-malakali omillarning ko‘rsatkichlarni adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 5 -preldagi 02-07-1199/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish texnologiyalar takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish mezonlari ijtimoiy-pedagogik sherikchilikning psixologik-pedagogik imkoniyatlarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, multidisiplinar omillarni baholash hamda verbal va noverbal aloqalarni izchil adaptatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 5-apreldagi 02-07-1199/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish modeli individual va differensial topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish, nutq va tafakkur bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan kommunikativlik komponentlarini faollik va faoliyatlilik tamoyillari hamda empatiya, moslashuvchanlik, hissiy jozibadorlik sifatlari bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirshga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 5-apreldagi 02-07-1199/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion–pedagogik yordamga jalb etish mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish texnologiyasi korreksion-pedagogik ish hajmini differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan ta’lim jarayoni traektoriyasiga intensiv moslashtirish hamda mustaqil ishlarni refleksiv bajarishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 5-apreldagi 02-07-1199/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish texnologiyasining tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuvlarga asoslangan modelini takomillashtirishga erishilgan.