Zurapov Ali Utkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Monopol korxonalar daromadlarining hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt520.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bokidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Msirov Kamoliddin Mamasobirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotida monopol tarmoq korxonalari daromadlarini shakllantirish va xisobini takomillashtirish yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
monopol korxonalarda kapitallarning birlashuvi natijasida yuqori rivojlangan zamonaviy texnologiyalarni olib kirishga imkoniyat yaratilishi orqali ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat) tannarxining pasayishi va sifatining yaxshilanishi asoslangan;
kelgusi davr xarajatlari natijasini va kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bazasini to‘g‘ri aniqlashda monopol korxonalarning ishchi schyotlar tizimida 9060 - “Kechiktirilgan daromadlar” schyotidan foydalanish taklif etilib, monopol korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash maqsadida “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” tarkibida qo‘shimcha schyotlardan foydalanish tartibi yoritib berilgan;
monopol korxonalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash tartibiga “Kechiktirilgan daromadlar” va “Kelgusi davr xarajatlari” nomli yangi tarkibini kiritilishi bilan moliyaviy natijaning to‘g‘ri aniqlanishi asoslab berilgan;
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning 2-shakli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi” hisobotining tarkibiy tuzilishiga “Hisobot davrida taqsimlangan foyda (qoplangan zarar)” hamda “Hisobot davrida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” nomli moddalarni kiritish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Monopol korxonalarda daromadlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
monopol korxonalarda kapitallarning birlashuvi natijasida yuqori rivojlangan zamonaviy texnologiyalarni olib kirishga imkoniyat yaratilishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat) tannarxini pasayishi va sifatini yaxshilanishi borasidagi taklif “O‘zbekiston pochtasi” hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AKning 2022 yil 25 noyabrdagi 29-21/2859-son hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AKning 2022 yil 6 dekabrdagi 1178-305-NN-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga joriy etilib, hisob siyosatini shakllantirishda foydalanish imkoni yaratilgan;
kelgusi davr xarajatlari natijasini va kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bazasini to‘g‘ri aniqlashda monopol korxonalarning ishchi schyotlar tizimida 9060 - “Kechiktirilgan daromadlar” schyotidan foydalanish, monopol korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” tarkibida qo‘shimcha schyotlardan foydalanish taklifi “O‘zbekiston pochtasi” hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AKning 2022 yil 25 noyabrdagi 29-21/2859-son hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AKning 2022 yil 6 dekabrdagi 1178-305-NN-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida monopol tavsifdagi korxonalar solig‘i bazasini to‘g‘ri aniqlashga erishilmoqda;
monopol korxonalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash tartibiga “Kechiktirilgan daromadlar” va “Kelgusi davr xarajatlari” nomli yangi tarkibini kiritilishi bilan moliyaviy natijani to‘g‘ri aniqlanishi taklifi “O‘zbekiston pochtasi” hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AKning 2022 yil 25 noyabrdagi 29-21/2859-son hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AKning 2022 yil 6 dekabrdagi 1178-305-NN-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini to‘g‘ri aniqlash imkonini yaratgan;
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning 2-shakli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi” hisobotining tarkibiy tuzilishiga “Hisobot davrida taqsimlangan foyda (qoplangan zarar)” hamda “Hisobot davrida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” nomli moddalarni kiritish taklifi “O‘zbekiston pochtasi” hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AKning 2022 yil 25 noyabrdagi 29-21/2859-son hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AKning 2022 yil 6 dekabrdagi 1178-305-NN-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining hisobot davridagi moliyaviy natijalariga baho berishda samaradorlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.