Tursunov Anvar Sultonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islomiy mikromoliyalashda Vaqf xayriya jamoat fondining faoliyatini rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt6428
Ilmiy maslahatchi: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Vaqf xayriya jamoat fondida islomiy mikromoliyalashni tashkil qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vaqf xayriya jamoat fondi tarkibidagi institusional investor mablag‘lari hisobidan istiqbolli loyihalarga islom moliya xizmatlari orqali investisiya qilish va fondning moliyaviy manfaatdorligini oshirish yo‘nalishlari Vaqf xayriya jamoat fondining 2023-2030 yillar uchun mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida o‘z aksini topgan;
Vaqf xayriya jamoat fondida zakot (xayriya) yig‘ish bo‘yicha agent sifatida ishga olishni tashkil qilish va zakot mablag‘larini jamlashga xizmat qiluvchi mobil platforma tizimidan foydalanish taklif etilgan;
Vaqf xayriya jamoat fondining asosiy moliyaviy manbalarini tashkil etuvchi ushr, fitr, fidya mablag‘laridan zakot mablag‘larini alohida ajratish orqali ushbu mablag‘lardan foydalanishning manzilliligi hamda ochiqligini ta’minlash zarurligi asoslangan;
Vaqf xayriya jamoat fondida vaqf hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘larni ko‘chmas mulk va boshqa mulklarga aylantirish orqali ularni ijara yoki operativ boshqaruvga berish natijasida shakllangan daromadlarini islomiy mikromoliyalashtirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
Vaqf xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga o‘zaro javobgarlik asosida maqsadli guruhlarga moliyaviy qarz (qarzi hasan va mudoraba) berish tartibi taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini rivojlantirish va islom mikromoliyasini tashkil qilishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Vaqf xayriya jamoat fondi tarkibidagi institusional investor mablag‘lari hisobidan istiqbolli loyihalarga islom moliya xizmatlari orqali investisiya qilish va fondning moliyaviy manfaatdorligini oshirish yo‘nalishlari taklifi Vaqf xayriya jamoat fondining 2023-2030 yillar uchun mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida aks etgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining 2023-yil 18-yanvardagi 54–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Islom moliya xizmatlaridan foydalangan holda mablag‘ga muhtoj bo‘lgan tadbirkorlarni islomiy moliyalashtirish orqali fond mablag‘larini samarali ishlatish va undan foyda olish yo‘lga qo‘yildi. Fond mablag‘larini investisiya qilish yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Vaqf xayriya jamoat fondi qoshida investisiya bo‘limini ochish va unda fond mablag‘larini investisiya qilish tartibi orqali moliyaviy barqarorlikka erishishga hissa qo‘shgan;
Vaqf xayriya jamoat fondida zakot (xayriya) agenti sifatida ishga olishni tashkil qilish va zakot mablag‘larini jamlashga xizmat qiluvchi mobil platforma tizimidan foydalanish taklifi Vaqf xayriya jamoat fondida zakot yig‘ishni tizimlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida aks etgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining 2023 yil 18-yanvardagi 54-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning samarasi o‘laroq mamlakatimizda zakot yig‘ish va tarqatish mexanizmini shakllanishiga xizmat qilgan. Natijada, zakot yig‘ishda har bir mahallaga kirib borish orqali odamlar o‘rtasida zakot bo‘yicha habardorlik darajasini oshirish, mobil platforma vositasida zakot (xayriya) agentlarini ishga olish va rag‘batlantirish orqali Vaqf xayriya jamoat fondiga tushayotgan mablag‘lar hajmini oshirish yo‘lga qo‘yildi;
Vaqf xayriya jamoat fondining asosiy moliyaviy manbalarini tashkil etuvchi ushr, fitr, fidya mablag‘laridan zakot mablag‘larini alohida ajratish orqali ushbu mablag‘lardan foydalanishning manzilliligi hamda ochiqligini ta’minlash taklifi Vaqf xayriya jamoat fondida zakot yig‘ishni tizimlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining 2023-yil 18-yanvardagi 54–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Vaqf hayriya jamoat fondi tomonidan hududlarda o‘tkazilgan xayriya tadbirlari davomida to‘plangan mablag‘lar tushumi va ularning sarflanishi bo‘yicha onlayn davriy axborotlarni yoritib borish takomillashtirildi;
Vaqf xayriya jamoat fondida vaqf hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘larni ko‘chmas mulk va boshqa mulklarga aylantirish orqali ularni ijara yoki operativ boshqaruvga berish natijasida shakllangan daromadlarini islomiy mikromoliyalashtirishga yo‘naltirish taklifi Vaqf xayriya jamoat fondida islomiy mikromoliyalashni tashkil qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining 2023-yil 18-yanvardagi 54–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida naqd (cash) modelini qo‘llagan holda Vaqf xayriya jamoat fondiga mablag‘larni jalb qilish va yig‘ilgan mablag‘larga avval Vaqf mulklarini shakllantirish va undan keladigan foydani ma’lum bir qismini islomiy mikromoliyalashga va qolgan qismini ehson qilish joriy qilindi;
    Vaqf xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga o‘zaro javobgarlik asosida moliyaviy qarz (qarzi hasan va mudoraba) berish taklifi Vaqf xayriya jamoat fondida islomiy mikromoliyalashni tashkil qilish bo‘yicha yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining 2023-yil 18-yanvardagi 54–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida garov (ko‘chmas mulk, transport vositalari, pul mablag‘lari, zargarlik buyumlari) o‘rniga qarz olayotgan guruh a’zolarining o‘zaro javobgarligi asosida qarz berish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda islom mikromoliyasining maqsadidan kelib chiqqan holda mablag‘ga muhtoj bo‘lgan kambag‘al qatlam uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Vaqf xayriya jamoat fondida islomiy mikromoliyalashni tashkil qilish bo‘yicha yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish