SIDDIQOV Ilhomjon Hakimovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T301
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Energotizim reaktiv quvvati kombinatsiyalangan boshqaruvining yassi o‘lchov chulg‘amli tokni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartgichlari», 05.01.06–Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Azimov Raxmat Karimovich,t.f.d., prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/ FM.29.01
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 1981-1993 yillarda Toshkent politexnika instituti sanoat energetika fakul`teti shaharlar, sanoat korxonalari elektr ta’minoti kafedrasi assistenti, 1993-2014 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakul`teti elektrstansiyalar, tarmoqlar va tizimlar kafedrasi dotsenti.
Malakaviy imtihonlar topshirilgan sana va natijasi: ingliz tili (25.11.2013) – 64 (qoniqarli); O‘zbekistonning eng yangi tarixi (28.05.2013) – 62 (qoniqarli); matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (17.05.2013) – 57 (qoniqarli); hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlari elementlari va qurilmalari (30.05.2013) – 88 (a’lo).
II. Nashr ishlari. Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 2 ta milliy ilmiy jurnalda 10 ta ilmiy maqola, 1 ta xorijiy ilmiy jurnalda 1 ta ilmiy maqola nashr qilingan, 4 ta O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirolik patenti olingan (IAP №04475. 24.01.2012; IAP №04185. 27.05.2010; IAP №04562. 31.07.2012).
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida 15 ta ma’ruza tezisi e’lon qilingan (jumladan: 2011, Toshkent; 2014, Rossiya Federatsiyasi).
III. Tadqiqot maqsadi bir vauch fazali birlamchi toklarni ikkilamchi kuchlanishga elektromagnit o‘zgartirish nazariyasi va loyixalash usullari va tamoyillarini rivojlantirish, ular asosida energotizim reaktiv quvvatini kombinatsiyalangan boshqaruvi element va qurilmalari majmuasini yaratish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
IV. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
elektr energiyasining meyordan ortiq texnologik sarfini kamaytiruvchi algoritm, dasturiy vosita va qurilmalarga ixtirolik patenti olingan va amaliyotga joriy etilgan;
reaktiv quvvat manbalarini o‘rnatish va ularni avtomatik boshqarishning meyoriy nominal elektr kattaliklar bilan ta’minlash o‘rnatma quvvati 50 kVt va undan katta va kuchlanishi 500 kV dan kam bo‘lgan elektr energetik qurilmalarning energiya va resurs tejamkorligi standart 57,5 V kuchlanish o‘rniga 61,81 V bilan ta’minlanganligi uchun iste’mol qilinayotgan elektr energiya 4.31 V ga, ya’ni faza kuchlanish bo‘yicha 7,5%ga, chiziqli kuchlanish bo‘yicha esa Ö3 * 7,5 = 12,9%ga oshirilgan;
tokni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartgichlar elektr energetika tizimidan ta’minlanuvchi 20 dan ortiq tashkilotda joriy qilingan va reaktiv quvvatni kombinatsiyalangan avtomatik boshqaruvning 1,0 aniqlik darajasidan 0,5 aniqlik darajasiga oshirish hisobiga ishlab chiqilgan elektr energiyaning meyorda belgilangan texnologik sarfini 13,29% o‘rniga 11,26% (1,13 mlrd.kVt.soat)ga kamayishiga erishilgan;
tokni kuchlanishga yassi o‘lchov chulg‘amli elektromagnit o‘zgartgichlarning xatoliklari manbalarini ta’sirini klassifikatsiyasi amalga oshirilgan va xatoliklar manbalarini ta`sirini o‘rganish, hisoblash algoritm va usullari yaratilgan;
energotizim reaktiv quvvat manbalarini kombinatsiyalangan boshqaruvini ta’minlovchi, energiya va resurs tejamkor energotizimlarni ratsional qurish tamoyillarini, bir va uch fazali elektr kattaliklar va parametrlarining simmetrikligini nazorat va boshqaruvini ta’minlovchi elektromagnit o‘zgartgichlar majmuasi yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan.
V. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:
elektr energiyasining me’yordan ortiq texnologik sarfini kamaytiruvchi qurilmaga ixtirolik patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, IAP №04907. 28.05.2014);
reaktiv quvvat manbalarini o‘rnatish va ularni avtomatik boshqarishning meyoriy nominal elektr kattaliklar bilan ta’minlash o‘rnatma quvvati 50 kVt va undan katta va kuchlanishi 500 kV dan kam bo‘lgan elektr energetik qurilmalarning energiya va resurs tejamkorligi standart 57,5 V kuchlanish o‘rniga 61,81 V bilan ta’minlanganligi uchun iste’mol qilinayotgan elektr energiya 4,31 V ga, ya’ni faza kuchlanish bo‘yicha 7,5% ga, chiziqli kuchlanish bo‘yicha esa Ö3 * 7,5 = 12,9% ga oshirilgan («O‘zdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi, Elektr kurilmalarini o‘rnatish qoidalari, Toshkent, 2007; 03.02.2015, № UE-01-01/24-sonli ma’lumotnomasi; OAJ «Chirchiq transformator zavodi» dalolatnomasi, 11.04.2007);
tokni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartgichlar «O‘zbekenergo» DAK tasarrufidagi elektr energetika tizimidan ta’minlanuvchi 20 dan ortiq tashkilotda joriy qilingan va reaktiv quvvatni kombinatsiyalangan avtomatik boshqarishning 1,0 aniqlik darajasidan 0,5 aniqlik darajasiga oshirish hisobiga ishlab chiqilgan 54,7 mlrd. kVt.soat elektr energiyaning meyorda belgilangan texnologik sarfini 13,29% (7,27 mldr.kVt.soat) o‘rniga 11,26% (6,16 mlrd.kVt.soat), ya’ni 15,26% ga kamayishiga erishilgan («O‘zbekenergo» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, 27.01.2015. №MX-01-21/321-sonli ma’lumotnomasi).