Morgunova Ilmira Igoryevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gimnastika xodasida talaba -qizlarning kasbiy- pedagogik ko‘nikma va harakat malakalarini shakllantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1851.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Umarov Mars Narziyevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Xankeldiyev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston davlat milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gimnastika xodasida dasturiy mashqlarni o‘zlashtirish jarayonida oliy o‘quv yurti talaba qizlarining professional-pedagogik bilim, ko‘nikma hamda harakat malakalari darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy o‘quv yurti talaba qizlari uchun gimnastika xodasining (balandligi, cheklangan tayanch maydoni) konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha, dinamik va statik muvozanat saqlashning murakkabligini texnik va xoreografik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan “Uch bosqichli modul”ni ishlab chiqish hisobiga kasbiy-pedagogik bilim hamda ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyati takomillashtirilgan;
sport gimnastikasida qizlarning kasbiy-pedagogik ko‘nikma va harakat malakalarni shakllantirish uchun jismoniy, texnik, xoreografik talablardan kelib chiqqan holda gimnastika xodasida bajariladigan dasturiy va klassifikasion talablariga doir koordinasion (muvozanat saqlash) va vestibulyar (burilish turlari) ko‘rsatkichlarini rivojlantiruvchi mashqlar majmualari hisobiga tayyorgarlikni optimal miqdoriy (akrobatika) va sifat ko‘rsatkichlari (xoreografiya) ishlab chiqilgan;
bazaviy jismoniy va maxsus-harakat sifatlarini rivojlantirish uchun sport gimnastikasi bo‘yicha yaqinlashtiruvchi (Releve,demi-plie va boshkalar), rivojlantiruvchi (Passe, grand battement i dr.) va nazorat [holatni saqlab turish (vaqt)] mashqlari komplekslarini ishlab chiqish xisobiga talaba qizlarining gimnastika hodasidagi dasturiy mashqlar texnikasi takomillashtirilgan;
1-4-bosqich talaba qizlarining o‘quv dasturi bo‘limlarida beriladigan nazariy bilim, amaliy malakalarning (xodada muhofaza qilish va o‘z-o‘zini saqlashning turli usullarini amalga oshirish) kasbiy-pedagogik talablari hamda jismoniy, maxsus-harakat va texnik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat sinovlari ma’lumotlari asosida mashg‘ulotlar jarayoni samaradorligini baholashning minimaldan maksimalgacha darajasi (mezonlari) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gimnastika xodasida talaba-qizlarning kasbiy-pedagogik bilim va harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga olib borilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlarning jismoniy, texnik va xoreografik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan “uch bosqichli modul” asosida "Gimnastika nazariyasi va uslubiyoti" ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talaba qizlarning kasbiy-pedagogik bilim va harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga tuzatishlar kiritilib o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil18 yanvardagi 03-07-08-155-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning maxsus jismoniy tayyorgarligi 9.23% yaxshilangan;
sport gimnastikasida qizlarning kasbiy-pedagogik ko‘nikma va harakat malakalarni shakllantirish uchun jismoniy, texnik, xoreografik talablardan kelib chiqqan holda gimnastika xodasida bajariladigan dasturiy va klassifikasion talablariga doir koordinasion (muvozanat saqlash) va vestibulyar (burilish turlari) ko‘rsatkichlarini rivojlantiruvchi mashqlar majmualarini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Buxoro davlat universiteti gimnastika bilan shug‘ullanuvchi talaba qizlarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 03-07-08-155-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning koordinasiya qobiliyati 10.4% ga yaxshilangan;
bazaviy jismoniy va maxsus-harakat sifatlarini rivojlantirish uchun sport gimnastikasi bo‘yicha yaqinlashtiruvchi (Releve,demi-plie va boshkalar), rivojlantiruvchi (Passe, grand battement i dr.) va nazorat [holatni saqlab turish (vaqt)] mashqlari komplekslaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Gimnastika turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi shug‘ullanuvchilarning o‘quv mashg‘ulotiga tadbiq qilingan (Gimnastika turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2020 yil 3 noyabrdagi 0/42-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachilarning turgan joyda sakrab 1800 burilish va maxsus vosita (releve, passe,demi plie ) va texnik umbaloq oshish yonga to‘ntarilish, rondat bo‘yicha olib boriladigan mashqlar vestibulyar barqarorlik darajasini 55% ga oshirilgan;
1-4-bosqich talaba qizlarining o‘quv dasturi bo‘limlarida beriladigan nazariy bilim, amaliy malakalarning (xodada muhofaza qilish va o‘z-o‘zini saqlashning turli usullarini amalga oshirish) kasbiy-pedagogik talablari hamda jismoniy, maxsus-harakat va texnik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat sinovlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Badiiy gimnastikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy kengashining 2020 yil 25 maydagi 1-son qarori). Natijada nazariy bilimlar 4.8% hamda amaliy ko‘nikmalar 4.25% ga oshirilgan.