Kuralbayev Azizbek Kuralbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2324.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Yerimbetov Bayrambay Karlibayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nabiyev Timur Erikovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish uslubiyati yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
7-12 yoshli gandbolchilarning mashg‘ulot jarayonini tashkil qilishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini individual hamda jamoaviy qo‘llash imkoniyatini o‘rgatishga qaratilgan uch bosqichli boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni olib borish uslubiyati “boshlang‘ich”, “o‘rta”, “yuqori” mashg‘ulot modulini amaldagi dasturga nisbatan o‘yin tajribasini jamoaviylikka yo‘naltirish asosida kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
boshlang‘ch tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarni mashg‘ulot vazifalarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni o‘rgatuvchi “mobil” (ochiq va yopiq joydan to‘p uloqtirishni qo‘llash, to‘psiz o‘yinchini bo‘sh saqlash) hamda “o‘yin” (bir doira ichida to‘p poygasi, to‘pni tez olish – tez qo‘yish”) mashqlarini mini-gandbol mashg‘ulot jarayonlariga kiritish hisobiga o‘quv-mashg‘ulotlarni kreativ tashkil qilish imkoniyati oshirilgan;
7-12 yoshli gandbolchilarning o‘yin maydoni yarmida raqib o‘yinchisini to‘sish, himoyachi o‘yinchilarni oyoq harakati va tana holati bo‘yicha, hujumkor o‘yinchilarni qulay vaziyatlarga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik, maydonda sirpanish va mudofa qobiliyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan “To‘p va to‘psiz bajariladigan mashqlar majmuasi”ni mashg‘ulot jarayonining bir xil takrorlanishini oldini olish uchun variativ qo‘llash hisobiga himoya va hujumdagi texnik-taktik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
7-12 yoshli gandbolchilarning o‘yin tayyorgarligini rivojlantirish uchun umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini tanlangan sport turida belgilangan ma’lum vaqt ichida kichik vazifalarni amalga oshiruvchi “Kaskad” usulida mashg‘ulot yuklamalar mezonlarini yillar kesimida saralash uslubiyati birinchi “o‘yin tajribasini oshirishga”, ikkinchi “texnik mahoratni mustahkamlashga”, uchinchi “musobaqalashuv jarayoniga” taqsimlash hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
7-12 yoshli gandbolchilarning mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini individual hamda jamoaviy qo‘llash imkoniyatini detallab o‘rgatishga qaratilgan uch bosqichli mashg‘ulot moduli “Sport hám háreketli oyınlardı oqıtıw metodikası (Gandbol)” darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 26 aprelda berilgan 06-13/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning gandbol sport turi bo‘yicha bilimlari 28 % ga, murabbiylarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga yangi uslublarni joriy qilish bo‘yicha ko‘nikmalari 16 % ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarni mashg‘ulot vazifalarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni o‘rgatuvchi “mobil” hamda “o‘yin” mashqlari ishlab chiqilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 26 aprelda berilgan 06-13/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh gandbolchilarning jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 21 % ga, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari 19 % ga hamda murabbiylarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ratsional va ijodiy tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalari 14 % ga ko‘tarilgan;
7-12 yoshli gandbolchilarning o‘yin maydonida raqib o‘yinchisini to‘sish, himoyachi o‘yinchilarni oyoq harakati va tana holati bo‘yicha, hujumkor o‘yinchilarni qulay vaziyatlarga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi mudofaa qobiliyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan “To‘p va to‘psiz bajariladigan mashqlar majmuasi”dan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 3-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 26 aprelda berilgan 06-13/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh gandbolchilarda umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 27 % ga, o‘yin jarayonidagi texnik imkoniyatlari 17 % ga oshgan;
 bolalar-o‘smirlar sport maktabi 7-12 yoshli gandbolchilarning o‘yin tayyorgarligini rivojlantirishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini tanlangan sport turi bo‘yicha moslashtiruvchi “Kaskad” usuli “Sport hám háreketli oyınlardı oqıtıw metodikası (Gandbol)” darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 26 aprelda berilgan 06-13/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh gandbolchilarning jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari 23 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish