Sabirova Zebo Ilxamjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped518.
Ilmiy rahbar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Musayeva Nargiza Sayfuddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash imkoniyatlari o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan logopedik ish yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish hamda konstruktiv muloqot ko‘nikmasining refleksiv darajada rivojlantirishning kompleksli, shaxsga yo‘naltirilgan va integratsiyalashgan faoliyatli usullari ta’sirchanligini intensiv oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash modeli nutqning motor mexanizmlari, kognitiv xulq-atvor shartlari, axborotni dekodlash hamda verbal va noverbal aloqa vositalaridan foydalanish jarayonlari yaxlitligini barqaror ta’minlash hamda o‘z imkoniyatlarini konstruktiv baholash darajasini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash texnologiyasi artikulyasiya sxemasini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlardan foydalanish, ovoz, nafas olish va artikulyassiyani sinxronlashtirish texnikasi, nutqsiz bolalar bilan muloqot qilish hamda axborotni dekodlash qobiliyatini o‘z imkoniyatlarini konstruktiv baholash, ustuvorlik berish shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash mezonlari verbal muloqotda umumlashtiruvchi va qiyoslovchi so‘zlarni qo‘llash, sinonim, omonim, antonimlardan foydalana olish imkoniyatlarini anqilash hamda so‘z, gap, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va farqlay olish ko‘nikmalarini izchil hosil qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash imkoniyatlari o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan logopedik ish yo‘nalishlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda konstruktiv muloqot ko‘nikmasining refleksiv darajada rivojlantirishning kompleksli, shaxsga yo‘naltirilgan va integratsiyalashgan faoliyatli usullari ta’mirchanligini intensiv oshirib borish asosida takomillashtiriiuf oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-fevraldagi 02-07-409/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy hamda metodik jihatlarini tahlil etish samaradorligi oshgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash modeli nutqning motor mexanizmlari, kognitiv xulq-atvor shartlari, axborotni dekodlash hamda verbal va noverbal aloqa vositalaridan foydalanish jarayonlari yaxlitligini barqaror ta’minlash hamda o‘z imkoniyatlarini konstruktiv baholash darajasini dinamik oshirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshknt dalat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-fevraldagi 02-07-409/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorgarligining darajasini belgilash va xususiyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash texnologiyasi artikulyasiya sxemasini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlardan foydalanish, ovoz, nafas olish va artikulyassiyani sinxronlashtirish texnikasi, nutqsiz bolalar bilan muloqot qilish hamda axborotni dekodlash qobiliyatini o‘z imkoniyatlarini konstruktiv baholash, ustuvorlik berish shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-fevraldagi 02-07-409/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga nutqiy jihatdan samarali tayyorlashning tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash mezonlari verbal muloqotda umumlashtiruvchi va qiyoslovchi so‘zlarni qo‘llash, sinonim, omonim, antonimlardan foydalana olish imkoniyatlarini anqilash hamda so‘z, gap, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va farqlay olish ko‘nikmalarini izchil hosil qilish asosida takomillashtiriiuf oid tavsiyalar Toshknt dalat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-fevraldagi 02-07-409/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy jihatdan samarali tayyorlashga sharoit yaratilgan.