Mamatova Aziza Bo‘riboyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarlarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish”, 13.00.03-Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped754.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zuxra Murzabekovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Faziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullayeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inklyuziv ta’lim sharoitidagi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarlarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish imkoniyatlari tizimli-komplekslilik tamoyiliga asoslangan korreksion-pedagogik ish mazmunini indvidual-intellektual xususiyatlar mazmuniga idientiv moslashtirish hamda kompleks ravishda tahliliy tashxis qilish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish samaradorligi inklyuziv ta’lim tamoyillariga rioya etish yaxlitligini ta’minlash didaktik jarayonlar hamda korreksion-pedagogik ish bosqichlari va turlarini o‘zaro mazmunli sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini folklor vositasida rivojlantirish texnoglogiyalari bola nutqining buzilish darajasini diagnostik baholash hamda nutqiy imkoniyatlarini intepretatsiya qilishning ichki infratulzilmasiga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini o‘zbek folklor vositasida rivojlantirish mezonlari nutq holati hamda nutq buzilish etiologiyasi va patoginezisini tanqidiy tahlil qilish faolligiga asoslangan adaptiv ta’lim muhiti intensivligini uzluksiz ravishda ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojli bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarlarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish imkoniyatlari tizimli-komplekslilik tamoyiliga asoslangan korreksion-pedagogik ish mazmunini indvidual-intellektual xususiyatlar mazmuniga idientiv moslashtirish hamda kompleks ravishda tahlliy tashxis qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida bajarilgan “Inklyuziv ta’limdan-inklyuziv jamiyatga” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojli o‘quvchilarning nutqi o‘zbek folklori vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatilari aniqlash imkoni kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish samaradorligi inklyuziv ta’lim tamoyillariga rioya etish yaxlitligini ta’minlash didaktik jarayonlar hamda korreksion-pedagogik ish bosqichlari va turlarini o‘zaro mazmunli sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini folklor vositasida rivojlantirish texnoglogiyalari bola nutqining buzilish darajasini diagnostik baholash hamda nutqiy imkoniyatlarini intepretatsiya qilishning ichki infratulzilmasiga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ishlanmalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida bajarilgan “Inklyuziv ta’limdan-inklyuziv jamiyatga” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqi o‘zbek folklori vositasida rivojlantirish imkoni yaratilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini o‘zbek folklor vositasida rivojlantirish mezonlari nutq holati hamda nutq buzilish etiologiyasi va patoginezisini tanqidiy tahlil qilish faolligiga asoslangan adaptiv ta’lim muhiti intensivligini uzluksiz ravishda ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nutqini folklor vositasida rivojlantirish mezonlarini takomillashtirishga erishilgan.