Ortiqova Zulfiya Nurmaxamatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oilada bolalarning milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1917.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nafasov Doniyor Shernafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash jarayoni tuzilmasi bolalar kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil qilish-umumlashtirish, refleksiya-baholash kabi algoritmik bosqichlarini jamiyatning o‘zgaruvchan talablariga ko‘ra oila tarbiyaviy faoliyatiga diskursiv yondashuv talabalari asosida muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarni tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari globallashuv jarayonining umuminsoniylik, yaxlitlashuv, zamon va makon birligi tamoyillarini yoshlarga qo‘yilayotgan tashkilotchilik, kommunikativ va gnostik malakalar hamda kognitiv, didaktik va perseptiv qobiliyatlarga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan; 
oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash mexanizmlari shaxs sifatlari, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformasiyasining milliy tarbiya metodlarining (ibrat, namuna, daxldorlik, hamdardlik, bosiqlik, mulohazakorlik) kundalik turmush tarziga ta’siri barqarorligini kompleks yondashuv orqali qayta aloqa identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalashda sinf rahbari, maktab psixologi va mahalla bilan o‘zaro integrativ, maqsadli va tizimli hamkorlikni qaror toptirishga doir o‘qitishning ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq keluvchi va didaktik ta’minotni takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
bolalar kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil qilish-umumlashtirish, refleksiya-baholash kabi algoritmik bosqichlarini jamiyatning o‘zgaruvchan talablaridan kelib chiqqan holda oila tarbiyaviy faoliyatiga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash jarayoni tuzilmasi, oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashning “Oila – mahalla - ta’lim muassasasi” modelining amaliy komponentini takomillashtirish, avlodlararo hamkorlik, “ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformasiyasi, milliy tarbiya metodlarining kundalik turmush tarziga ta’siri barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar metodikasini takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 11 avgustdagi 01/11-02/02-1249-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarning oilalar bilan olib boradigan ijtimoiy-psixologik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
globallashuv jarayonining umuminsoniylik, yaxlitlashuv, zamon va makon birligi tamoyillarini yoshlarga qo‘yilayotgan tashkilotchilik, kommunikativ va gnostik malakalar hamda kognitiv, didaktik va perseptiv qobiliyatlarga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan umumta’lim maktabi va mahalla hamkorligi asosida oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarni tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari, kompetensiyaviy yondashuv asosida oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashda sinf rahbari, “maktab psixologi, ijtimoiy ish xodimining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hududiy bo‘limlari mutaxassislari bilan hamkorligini tizimli tashkil etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 avgustdagi 02/011-648-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
shaxs sifatlari, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformasiyasining milliy tarbiya metodlarining (ibrat, namuna, daxldorlik, hamdardlik, bosiqlik, mulohazakorlik) kundalik turmush tarziga ta’siri barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash mexanizmlari, oilada milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalash jarayonining tuzilmasini aniqlashtirish, oiladagi yoshi ulug‘lar tarbiyaviy ta’sirini maqbullashtirish, tarbiya jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni adaptiv qo‘llash bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, umumta’lim maktabi va mahalla hamkorligi asosida oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” (2012-2014 yy) mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 25 noyabrdagi 335/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini tarbiyalashda pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish