Kadirov Tulkin Baxridinovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi (ijtimoiy fanlar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligi axborotlarni ongli tahlil qilinishi, sog‘lom anglab axborotlarni saralash kompetensiyasi mediasavodxonlik, mediatahlil va mediakreativlikning muhim omili ekanligi asoslangan;
ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini baholash standart va nostandart vaziyatlarda mediamatnlar ustida ishlash, axborot faolligi yo‘nalishini belgilovchi maqsad va motivlarni aniqlash, kognitiv, kommunikativ, qayta aloqaga kirishuvchanlikka moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni utilitar, funksional, pragmatik, interfaollik, estetik, kreativ ko‘nikmalarni vitagen ta’lim bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining mediakompetentligini baholashning uzluksiz kasbiy rivojlantirish elektron platformasida mustaqil axborotlardan foydalanish (tanlash, saralash, tizimlashtirish, qayta ishlash, uzatish) monitoringini kriterial-diagnostik mezonining adekvat standarti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligi pedagogik (axborotni tanlash, saralash, baholash, tizimlashtirish, qayta ishlash va uzatish), psixologik (o‘zlikni anglash, imkoniyat, qobiliyat) omillarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari ijtimoiy fan o‘qituvchilarida mediakompetentlikni rivojlantirishning pedagogik va psixologik omillari asoslari aniqlangan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib maqsadli, muammoli, mualliflik kurslarini tashkil etishning on-line shakli e-learning (elektron ta’lim), uzluksiz kasbiy rivojlantirish (continuing professional development — CPD) platformasida interaktiv audio, video konferensiya, telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida asoslashga oid takliflar I-OT-2019-9 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy fan o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish orqali o‘qitish samaradorligi oshgan;
ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish mezonlari (ijtimoiylik, kommunikativlik, intellektuallik, axborotlilik) hamda axborotlarni almashishning (sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish) shakllarini faol qo‘llashda mediamadaniyat shakllanishi ilmiy asoslash bo‘yicha ma’lumotlar PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida o‘qituvchilarning mediakompetntligini rivojlantirish mezonlari ishlab chiqilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni utilitar, funksional, pragmatik, tanqidiy tahlil, interfaollik, estetik, kreativ ko‘nikmalarni vitagen ta’lim bilan integratsiyalashga doir tavsiyalar I-OT-2019-9 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mustaqil mediavositalarni yaratish malakasi shakllantrilgan.