Umirzaqov Zuxriddin Axtamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Issiqlikbardosh bazal`t tolasi asosida engli sement changtutgich fil`trlarini ishlab chiqish va tadqiq etish” 05.10.02–Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam:
ilmiy rahbar: Abdullaev Ibroxim Numanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar:
Yo‘ldosheva Ozoda Muxammadsodiq qizi – texnika fanlari doktori, dotsent, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti kafedra mudiri;
Jumaev Sayfiddin Kadirovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi sement ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan issiqlikbardosh, import o‘rnini bosuvchi, resurs tejamkor engli fil`trlarning engini bazal`t tolasidan tayyorlangan matoni qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
sement ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan changli gazlarni tutishda foydalaniladigan engli fil`trlar uchun bazal`t tola va bazal`t momig‘i brikmasi asosidagi termik va fizik-mexanik bardoshliligini oshiruvchi xossalarga ega bazal`t mato ishlab chiqilgan;
engli fil`trlar uchun yangi ishlab chiqilgan bazal`t matoning termikbardoshligi 2400S dan 4000S gacha oshirilgan, texnologik jarayonlarda yong‘in va portlash xavfsizligi 25-30% gacha oshirilgan hamda bazal`t mato namunalari kam (D1) tutun hosil qilish xususiyati guruhiga mansub ekanligi aniqlangan;
sement changini tozalashdagi optimal qiymatlari changli gaz tezligi υ=25÷30 m/s, fil`tr qalinligi δf=3 mm, changli gaz harorati thav=4000S, fil`tr karkasi diametri, df.d.=150 mm etib belgilanib, mustahkamligini 10-15% gacha, termik va ochiq olov ta’sirida deformatsiyalanishga uchrash vaqti 7-10% gacha oshirish mumkinligi aniqlangan;
bazal`t matoli engli fil`trning ish muddati 4390 soatdan 6020 soatga ya’ni 1630 soatgacha farq qilishi, changlardan tozalash 99,5% ga samarador ekanligi, yong‘in chiqish va portlash xavfini keskin kamaytirish imkoniyati mavjudligi taklif etilayotgan yangi tarkibli bazal`t matoni qo‘llash orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matosi bazal`t tolasidan tayyorlangan engli fil`trdan kam energiya sarflagan holda yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
matosi bazal`t tolasidan tayyorlangan quruq usulda ishlovchi chang tozalash qurilmasi engli fil`tr “Terra Nova Sement” MChJ va “Building Servis Group” MChJlarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 5 dekabrdagi №05/15-2948-son ma’lumotnomasi). Natijada sement ishlab chiqarish sanoatida hosil bo‘lgan changli gazlarning 99,5 % ushlab qolish imkonini bergan;
changli gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan matosi bazal`t tolasidan tayyorlangan engli fil`trlar sement ishlab chiqarish korxonasining aspiratsiya sexida sement changini tozalash uchun amaliyotga joriy etilgan (“Terra Nova Sement” MChJning 2022 yil 26-sentyabrdagi dalolatnomasi, “Building Servis Group” MChJning 2022 yil 15-avgustdagi dalolatnomasi, “Farg‘ona Izlanish Ixtiro Texnologiya” MChJning 2022 yil 22-avgustdagi dalolatnomasi, M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti qoshidagi “Qurilish materiallari, qurilish va arxitektura” ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 20-iyundagi dalolatnomasi, Quvasoy shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2022 yil 10-oktyabrdagi dalolatnomasi).
Natijada sement changini tozalash samaradorligini 4,6 % oshirish, sovutish uchun sarflanadigan energiya miqdorini 2 barobarga kamaytirish hamda kunlik 30-50 tonna ushlab qolingan changni qayta ishlab chiqarishga qo‘shib yuborish imkonini bergan.