Maxsumova Donoxon Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “OIV infeksiyasi fonida surunkali gastroduodenal kasalliklarning epidemiologiyasi, xavf omillari, klinik ko‘rinishlari va profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari“ 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3099.
Ilmiy rahbarlar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamasaliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD 04/04.03.2022. Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV yuqtirgan shaxslar populyasiyasida surunkali gastroduodenal kasalliklarning rivojlanishi va klinik kechishining epidemiologik jihatlarini o‘rganish hamda ushbu patologiyalarni samarali oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV yuqtirgan shaxslar populyasiyasida ilk marta surunkali gastroduodenal kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishning epidemiologik jihatlari aniqlangan;
ilk bor OIV yuqtirgan aholida surunkali gastroduodenal kasalliklarning ustuvor/ahamiyatli xavf omillari tekshirilgan va ajratib olingan. OIV infeksiyasi fonida surunkali gastroduodenal kasalliklar klinik ko‘rinishlari va kechishining xususiyatlari birinchi marta aniqlangan;
OIV bilan kasallangan shaxslar populyasiyasida surunkali gastroduodenal kasalliklar rivojlanishi va kechishining yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xatar omillari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi OIV bilan kasallangan aholisida surunkali gastroduodenal kasalliklarning erta aniqlash va oldini olish samaradorligining skrining algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiya fonida surunkali gastroduodenal kasalliklarning skriningi, erta tashxisi va mintaqaviy jihatlarini yaxshilash bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotining natijalari asosida:
OIV assotsiatsiyalashgan gastroduodenal kasalliklarni barvaqt tashxislash va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “OIV assotsiatsiyalashgan gastroduodenal kasalliklarni barvaqt tashxislash va profilaktikasini takomillashtirishning skrining jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 8n-z/373-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyanoma surunkali gastroduodenal kasalliklarning xavf omillarini barvaqt aniqlashning epidemiologik jihatlari va klinik ko‘rinishlar monitoringini maqbullashtirish, asoratlar chastotasini keskin kamaytirish imkonini bergan;
OIV infeksiyasi fonida surunkali gastroduodenal kasalliklarning epidemiologiyasi, xavf omillari, klinik ko‘rinishlari va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Namangan shahar 3-son oilaviy poliklinikasi va Farg‘ona 1-son ko‘p tarmoqli poliklinikasining amaliy faoliyatiga joriy etildi, bu algoritmlar OIV infeksiyasi fonida GDKni kech tashxislash hollarini 90% gacha kamaytirish imkonini berdi va davolashning ijobiy natijalari ulushini 80 dan 85% gacha oshirishni ta’minladi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi № 08-02865 sonli ma’lumotnomasi). Natijada surunkali gastroduodenal kasalliklarning xavf omillarini barvaqt aniqlash va ushbu patologiyalarning OIV infeksiyasi fonidagi kasalliklar qo‘zg‘alishlari xavfini kamaytirishga imkon bergan.