Alibekov Sherzodbek Ozodbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV bilan kasallanganlar orasida terapevtik kontinuum xavf omillarining epidemiologiyasi va profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot va 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3097.
Ilmiy rahbarlar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mamasoliev Nematjon Solievich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV bilan zararlangan populyasiya orasida terapevtik kontinuumning xavf omillarining epidemiologik o‘ziga xosligini va profilaktikasini o‘rganish hamda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor OIV infeksiyasi bilan kasallangan aholi orasida terapevtik kontinuumning xulq-atvor xavf omillarini shakllanishining va oldini olishning epidemiologik xususiyatlari aniqlangan;
Andijon viloyati sharoitida bir vaqtda OIV va terapevtik kontinuum rivojlanishiga ta’sir qiluvchi assotsial xavf omillarining epidemiologik xususiyatlari aniqlangan;
Andijon viloyatida OIV bilan kasallangan aholida terapevtik kontinuumning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan nisbatan muhim xavf omillari ajratish asoslangan;
terapevtik kontinuumning xavf omillarini o‘zaro tarqalish chastotasidagi farqlar tahlil qilingan va Fargona vodiysi OIV bilan kasallangan aholi o‘rtasida terapevtik kontinuum rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlarini xisobga olgan xolda, xavf omillarini erta profilaktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV bilan kasallangan populyasiyada terapevtik kontinuumning xavf omillarini oldini olish usullari va dasturlarini optimallashtirish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalariga ko‘ra:
OIV bilan kasallanganlar orasida terapevtik kontinuumning xavf omillari profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “OIV bilan kasallanganlar orasida terapevtik kontinuumning xavf omillarining o‘rganish va profilaktikasini optimallashtirishga yangicha yondashuvlar” uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Farg‘ona vodiysi aholisi misolida) (Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 8n-z/372 son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyanoma terapevtik kontinuumning xavf omillarini o‘rganishga epidemiologik yondashuvlarni optimallashtirish, OIV bilan kasallangan odamlarda ularni bartaraf qilish usullarini takomillashtirish va ikkilamchi kasalliklar bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.
OIV bilan kasallanganlar orasida terapevtik kontinuum xavf omillarining epidemiologiyasi va profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Namangan shahar 3-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Farg‘ona shahar 1-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-0297-son ma’lumotnomasi). OIV bilan kasallangan aholida terapevtik kontinuumning xavf omillarini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmlar terapevtik kontinuumning xavf omillarini kech aniqlanishini 80% gacha kamaytirishi bilan, ijobiy davolash natijalarning ulushi 80% dan 85% gacha o‘sishini ta’minlash imkonini bergan.