Yusupov Kuanishbay Baltabayevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teatr san’atining qoraqalpoq milliy madaniyatini shakllantirishdagi roli”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Madaniyat falsafasi va madaniyashunoslik) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal404.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Alima Karlibayevna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunkulova Shaxnoza Tuychiyevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi teatr san’atining qoraqalpoq milliy madaniyatini shakllantirishdagi o‘rnini nazariy, uslubiy va empirik jihatdan asoslash hamda sohani rivojlantirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teatrning sotsiomadaniy hodisa sifatidagi zamonaviy fenomenologik, germenevtik va posstrukturalistik modellari sintezi g‘oyalarni badiiy obrazlarda ifoda qilish orqali ushbu obrazlar bilan jonli muloqotga tushira olishi ma’navaiy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni takomillashtirish mexanizmlarining biri sifatida hizmat qilishi isbotlangan;
teatrning boshqa san’at turlarining imkoniyatlarini birlashtira olish xususiyatlari qoraqalpoq milliy madaniyatining shakillanishida ta’sirchan omil ekanligi va zamonaviy shaxs xarakterini belgilovchi prakseologik, innovatsion va kommunikativ vosita sifatidagi milliy ongni shakllantirishdagi roli falsafiy asoslangan;
sahna asari o‘zining immersiv xususiyatlari bilan zamonaviy ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida yoshlar ma’naviyatiga konstruktiv ta’sir qiluvchi o‘ziga xos element ekanligi mantiqiy dalillangan;
teatrdagi jonli muloqot va har bir ijroning unikallik xususiyati orqali beriladigan badiiy obrazlarning tomoshabinlarga hissiy-emotsional ta’sirchanligi milliylik va umuminsoniylikni birlashtira olishi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teatr sana’tining qoraqalpoq milliy madaniyatini shakllashtirishdagi o‘rni bo‘yicha berilgan takliflar asosida:
teatrning sotsiomadaniy hodisa sifatidagi zamonaviy fenomenologik, germenevtik va posstrukturalistik modellari sintezi g‘oyalarni badiiy obrazlarda ifoda qilish orqali ushbu obrazlar bilan jonli muloqotga tushira olishi ma’navaiy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni takomillashtirish mexanizmlarining biri sifatida hizmat qilishiga oid taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022 yil 28 fevraldagi 01-113-sonli 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sidagi “VIII. Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’at, noshirlik-matbaa yo‘nalishidagi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga erishish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” bo‘limida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 1 dekabrdagi 01-13/244/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaz tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yoshlarning teatr haqidagi tushunchalarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
teatrning boshqa san’at turlarining imkoniyatlarini birlashtira olish xususiyatlari qoraqalpoq milliy madaniyatining shakillanishida ta’sirchan omil ekanligi va zamonaviy shaxs xarakterini belgilovchi prakseologik, innovatsion va kommunikativ vosita sifatidagi milliy ongni shakllantirishdagi roliga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadbiq etish” mavzusidagi FA-F1-GOO2 raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 noyabrdagi 484/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ijrosi bilan bog‘liq qoraqalpoq teatr san’atida etnomadaniy a’nanalarni falsafiy, madaniy va tarixiy jihatdan mazmunini boyitishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
sahna asari o‘zining immersiv xususiyatlari bilan zamonaviy ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida yoshlar ma’naviyatiga konstruktiv ta’sir qiluvchi o‘ziga xos element ekanligiga oid ilmiy xulosalar va taklif-tafsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 maydagi 291-sonli «Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining I bandi 2-qismidagi: muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 2-04/1666-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarning milliy o‘zligini shakllantirishda, “ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga salbiy ta’sirini oldini olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan;
teatrdagi jonli muloqot va har bir ijroning unikallik xususiyati orqali beriladigan badiiy obrazlarning tomoshabinlarga hissiy-emotsional ta’sirchanligi milliylik va umuminsoniylikni birlashtira olishiga oid taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi tomonidan 2022 yilda efirga uzatilgan «Kino+teatr» dasturi ssenariysini tayorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 1 dekabrdagi 05-22/694-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomashabinlarning badiiy saviyasini yuksaltirishda, dunyoni obrazli xis etishida hamda yoshlarda milliy iftihor, vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish