Ernazarova Samida Shamsiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘quvchilik iplarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘nalishida ularning asosi bo‘lgan polietilentereftalatni modifikatsiyalash usullarini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1060.
Ilmiy rahbar: Alimuxamedov Muzafar Ganievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilentereftalatdan tola ishlab chiqarish texnologik jarayonining tahlili asosida polimerdagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash xisobiga ularni ayrim kamchiliklarini bartaraf qilish hamda superkonsentratlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilentereftalatlarning ul`trabinafsha nurlar ta’sirida eskirishi tadqiq qilinib, poligon sharoitida bir yilgacha saqlangan polietilentereftalat saqlagan chiqindilardan ishlab chiqarishda qayta foydalanish mumkinligi isbotlangan;
texnologik qayta ishlash natijasida ikkilamchi polietilentereftalatning kristallik darajasi ortishi isbotlangan;
ikkilamchi polietilentereftlatning dietilenglikol bilan kimyoviy destruksiyalanishiga asoslanib, oligomer holidagi alkogoliz mahsulotlarining hosil bo‘lish sharoitlari maqbullashtirilgan;
oligomer alkogoliz mahsulotlari asosida superkonsentratlar olish sharoitlari maqbullashtirilib, bu maqsadlar uchun suyuqlanish haroratlari 145°C dan past bo‘lmagan oligomerlar qo‘llanilishi asoslangan;
alkogolizning oligomer mahsulotlari asosida superkonsentratlar olish resepturasi ishlab chiqilgan;
ikkilamchi polietilentereftalatdan tola ishlab chiqarish texnologik jarayonini taxlili asosida polimerdagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash bilan superkonsentratlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qayta ishlangan ikkilamchi polietilentereftalatdan tayyorlangan superkonsentratlarni (master batch) qo‘llash orqali sifatli polester iplari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polietilentereftalatning alkogolizi orqali suyuqlanish harorati 147-225 °C chegarasida bo‘lgan superkonsentratlar olish texnologiyasi «Tuft and Grass» qo‘shma korxonasi MChJning «2023-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2022 yil 8 noyabrdagi 03/25-3071-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlari - superkonsentratlar BBEngineering VarioFil® R + PET POY ip yigiruv tizimida sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha «To‘qimachilik iplari uslublari» me’yorlariga mos polester tolalar olish imkonini beradi;
qayta ishlangan ikkilamchi polietilentereftalatdan tayyorlangan superkonsentratlarni (master batch) qo‘llash orqali sifatli polester iplari ishlab chiqarishni takomillashtirilgan texnologiyasi «Tuft and Grass» qo‘shma korxonasi MChJning «2023-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2022 yil 8 noyabrdagi 03/25-3071-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan oq superkonsentrati (IPET (1:0,2) DEG) olish sharoitlari maqbullashtirilib, fizik-mexanik va rang xossalari hamda tolaning bobinalarda o‘ralishi bo‘yicha sanoat «birlamchi PET master batch» mahsulotini almashtirish imkonini beradi.