Saatov Botir Tal’atovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vitiligo patogenezida genetik va metabolik buzilishlar va ularni korreksiyalash usullarini ishlab chiqish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib78.

Ilmiy maslahatchi: Arifov Saidkasim Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

ІІ.Tadqiqotning maqsadivitiligo rivojlanishi mexanizmlaridagi genetik va metabolik buzilishlar  natijalari asosida uning patogenetik davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor vitiligo rivojlanish havfi bilan TNF-α geni 308 G/A polimorfizmining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

sog‘lom insonlar va vitiligoli bemorlarda TYR geni G/A (rs 1393350) polimorfizmi allellari va genotiplari tarqalish foizlarining o‘zgarishi bilan kasallikka bo‘lgan moyillik  o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;

ilk bor sog‘lom insonlar va vitiligoli bemorlar terisi va qon zardobida fosfolipidlarning sifat va miqdoriy tarkibi buzilishi oqibatida melanotsitlar apoptozni kuchayishi aniqlangan;

vitiligoli  bemorlarning teri va qon zardobida oksidlanish stressi yuqori darajada ekanligi melanotsitlarga toksik ta’sir natijasida funksional faoliyati pasayishi aniqlangan;     

vitiligo rivojlanishida inson terisi va soch tolasida mikroelementlar tarkibining miqdoriy o‘zgarishlari jumladan, mis kimyoviy elementining kamayishi tirozinaza fermenti faolligiga ta’sir qilib, melanin sintezini pasayishi aniqlangan;

vitiligoni patogenetik davolashga qaratilgan, yangi ko‘p komponentli Lipovitilinning sprey shakli  ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Vitiligo patogenezida genetik va metabolik buzilishlar va ularni korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:                                   

ishlab chiqilgan «Vitiligoni davolash uchun liposomali dorivor shakl»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga (IAP 04292-son) patenti olingan. Ilmiy tadqiqot  natijasi vitiligo kasalligini davolash uchun yangi Lipovitilin  preparatini yaratish imkonini bergan;

vitiligoning etiologiyasi va patogenezi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Vitiligo etiologiyasi va patogenezining zamonaviy jihatlari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 martdagi 8n-z/39-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida vitiligoni paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash, kasallikning oldini olish, tashxislash va davolash imkonini oshirishga xizmat qilgan;

liposomalar asosida ko‘p komponentli Lipovitilin preparati «TOP FARM SERVICE» MChJda sprey shaklida  seriyali ishlab chiqarishga tatbiq etilgan va  1629741-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan;

Lipovitilin sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 yanvardagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan Lipovitilin ishtirokidagi vitiligoni samarali patogenetik davolash usulini ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish