Yusupov Azamat Farxadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya kasalligida ko‘zning funksional holatini kompleks baholash va davolash taktikasini tanlash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib196.
Ilmiy maslahatchi: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Stolyarenko Georgiy Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ikramov Azizbek Fozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «HanGil Eye Hospital» klinikasi (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: differensial yondashuv bilan kompleks tashxislash va optimal davolash taktikasini ishlab chiqish orqali yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyaning davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ul`tratovush doplerografiya ma’lumotlari asosida yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyaning rivojlanishi uyqu arteriyalarining patologik o‘zgarishlari va ko‘zning magistral tomirlarida qon oqimi ko‘rsatkichlari yomonlashuvi darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ko‘zning magistral tomirlaridagi qon oqimi va to‘r pardaning elektrogenez holati bo‘yicha noekssudativ yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyada vazoaktiv va neyrotrop preparatlarning buyurishini belgilovchi ko‘z faoliyatining buzilish mezonlari aniqlangan;
noekssudativ yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya rivojlanishi xavfini kamaytiruvchi va ko‘rish faoliyatini oshiruvchi kasallikning kompleks davosida ilk bor qo‘llanilgan medotilin preparatining samaradorligi ko‘zning kliniko-funksional, elektroretinografiya va ko‘z gemodinamikasi ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan;
ekssudativ yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani davolashda transpupillyar termoterapiya va angiogenez ingibitori – lusentis preparatini alohida ta’siri ko‘rish faoliyati, optik kogerent tomografiya va fluoressent angiografiya ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan;
ekssudativ yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani davolashda antivazoproliferativ xususiyatini oshirish va iqtisodiy sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida ilk bor ishlatilgan uyg‘unlashgan davo samaradorligi ko‘zning kliniko-funksional, optik kogerent tomografiya va fluoressent angiografiya ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya kasalligida ko‘zning funksional holatini kompleks baholash va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Yoshga bog‘liq ekssudativ makulyar degeneratsiyani davolash usuli” mavzusidagi uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 oktyabrdagi 8n-r/143-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya kasalligi ekssudativ shakli tashxisini optik-kogerent tomografiya va fluoressent angiografiya kabi instrumental tekshiruvlarini qo‘llash orqali takomillashtirish va buning natijasida xorioidal neovaskulyarizatsiyaning tiplarini bir-biridan qiyosiy farqlash imkonini bergan;
ekssudativ yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya fonida kechuvchi xorioidal neovaskulyarizatsiyaning turli tiplariga qarab differensial davolashning bir necha usullari uslubiy qo‘llanma doirasida sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Transpupillyar termoterapiyani xorioidal neovaskulyarizatsiyaning yashirin tipida, angiogenez ingibitorini klassik va aralash tipida qo‘llash orqali ushbu kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
turli shakldagi yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyaning patogenezini bir necha omillariga ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan davolash algoritmi sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Neyrotrop va mahalliy qon aylanishini yaxshilovchi preparatni kasallikning noekssudativ shaklida, uyg‘unlashgan davoni ekssudativ shaklida qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish va iqtisodiy sarf-xarajatni kamaytirish imkonini bergan.
Yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya kasalligi davolashini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasi, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-d/69-son va 2018 yil 6 aprel`dagi 8 n-z/44-son ma’lumotnomalari). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya kasalligini davolash samaradorligini 40%ga yaxshilash hamda iqtisodiy sarf-xarajatni 2 marotaba qisqartirish, bu esa o‘z navbatida bemorlarni ko‘rish faoliyati ko‘rsatkichlarini 30%ga yaxshilanishini ta’minlangan.