Sayidov Rustambek Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu422.
Ilmiy rahbar: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedshayeva Mavluda Axatovna, yuridik fanlar doktori, professor; Mashkurov G‘ayrat Abdujalilovich, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning huquqiy asoslari nechog‘lik mukammal ekani va qanday ijro etilishiga bog‘liqligi, shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlash asoslab berilgan;
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish nuqtayi nazaridan, huquqiy monitoringning asosiy vazifalari sifatida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini joriy etish, huquqni qo‘llash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligini ta’minlash kabilarni ham belgilash isbotlab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringini o‘tkazishi va ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vakolatini belgilash asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalari va qonunlarning ko‘rib chiqilishini monitoring qilib borish, shuningdek, Adliya vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring qilish funksiyasini qonunchilikda mustahkamlash asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlarini qonunda mustahkamlashga doir takliflaridan
2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil
11-maydagi 06/1–05/2437–son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijro etishga doir vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ishlarini muvofiqlashtirish hamda yo‘naltirishga oid vakolatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
huquqiy monitoringning asosiy vazifalarini belgilash bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4505-son qarorining
2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 6-dekabrdagi
12/21-51-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi huquqiy monitoring institutining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoring qilish vakolatini belgilash to‘g‘risidagi takliflardan 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 11-maydagi 06/1–05/2437–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Adliya vazirligining huquqiy monitoringni amalga oshirishdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring qilish funksiyasini qonunchilikda mustahkamlashga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 6-dekabrdagi 12/21-51-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ijrosini tashkil etishga xizmat qilgan.