Xudayberdiev O‘lmasjon Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt19.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Chariyev Qurban Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Rashid Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoramolchilik tarmog‘i samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash algoritmlari raqamli iqtisodiyot mexanizmlari va texnologiyalar bilan bog‘liq omillarni joriy etish sharoitiga mos takomillashtirilgan;
go‘sht va sut yetishtiruvchi, ularni qayta ishlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi kooperativlarining tashkiliy-tarkibiy va boshqaruv tuzilmasi asoslangan;
qoramolchilik xo‘jaliklariga ixtisoslashgan xizmatlar ko‘rsatuvchi hududiy axborot-tahlil va maslahat Markazlarini tashkil etish asoslangan va ularning namunaviy tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqilgan;
respublikada paxta, don, poliz mahsulotlari va ozuqa ekinlari yerlari hajmi va qoramollar bosh sonining o‘zgarish holatlarini hisobga olgan holda ekonometrik modellar yordamida go‘sht-sut mahsulotlari miqdori bo‘yicha 2030-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot jarayonida respublikamiz qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan quyidagi muhim natijalar bevosita amaliyotga tatbiq etilgan, jumladan:
qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda qoramolchilik tarmog‘i va xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi, ularni hisoblash algoritmlarini raqamli iqtisodiyot mexanizmlari va texnologiyalar sharoitiga mos takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi №356-198-son grifi). Natijada, qoramolchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar faoliyatining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash orqali istiqbolda chorvachilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi.
qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish va rivojlantirishning zaruriyati, ularning ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan tashkiliy-tarkibiy va boshqaruv tuzilmasi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023-yil 31-yanvardagi 02/23-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish tizimidagi korxonalarning daromadlarini 15-20 foizga, sut-go‘sht mahsulotlarini yetishtirish hajmini 25-30 foizga oshirish imkonini beradi.
respublika darajasida qoramolchilikni rivojlantirish va tarmoq mahsulotlarini yetishtirishning ekonometrik modellarni qo‘llash asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan chorvachilikni rivojlantirish dasturlarida foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023-yil 31-yanvardagi 02/23-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga borib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratiladigan yalpi tovar va xizmatlar hajmi 2019-yilga nisbatan 2,4 barobarga o‘sib, 1528,9 trln. so‘mga yetishi imkoniyati yaratiladi.
hududiy axborot-tahlil va maslahat Markazlarini tashkil etish zaruriyati va ularning namunaviy tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018-yil 5-oktyabrdagi 03/021-1371-son ma’lumotnomasi). Natijada, marketing va reklama, bozor konyunkturasi va tashqi bozor segmentlari faoliyati bo‘yicha axborot-maslahat ta’minoti xizmatlarini tashkil etish, dehqon va fermer xo‘jaliklari joriy rejalarini ishlab chiqish, yetishtirgan mahsulotlarini sotish bozorlarini aniqlash, innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning daromadlarini 10-15 foiz oshirish imkonini bergan.