Kadirov Kamoliddin Shuxratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energiya etkazib beruvchi-iste’molchi” tizimi samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T475.
Ilmiy maslahatchi: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti xuzuridagi DSC.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor;
Sa’dullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “UzAssystem” O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi ma’suliyati cheklangan jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Elektr energiya etkazib beruvchi-iste’molchi» tizimida tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash evaziga energetik samaradorlikni oshirish imkoniyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiya iste’molida vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash orqali «elektr energiya etkazib beruvchi-iste’molchi» tizimining ertalabki va kechki «tig‘iz» davrlaridagi nagruzkalarini pasaytirish imkoniyati asoslangan;
«elektr energiya etkazib beruvchi-iste’molchi» tizimining tungi rag‘batlantirilgan davrlaridagi elektr energiyasi iste’molini oshirish hisobiga elektr energiyasi uchun xarajatlarni kamaytirish imkoniyati aniqlangan;
podstansiyaga ulangan iste’molchilarning sutkalik ellektr energiyasi iste’molini kuzatish imkonini beruvchi algoritm vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif davrlaridagi iste’mol ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan;
«elektr energiya etkazib beruvchi-iste’molchi» tizimiga ulangan barcha iste’molchilarning vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif davrlaridagi iste’molini kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sanoat korxonalarida vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ertalabki va kechki «tig‘iz» davrlardagi nagruzkani tushirish usuli «Agromir» MChJ QKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi № 07/23-04/2042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik elektr energiyasini 109200 kVt∙soat (ya’ni, 2%)ga, iste’mol harajatlarini esa 540 540 000 (besh yuz qirq million besh yuz qirq ming) so‘m miqdorida tejashga erishilgan;
elektr energiya iste’molida joriy etilgan vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan «O’Z HANWOO» MChJ QKda samarali foydalanish evaziga elektr energetika tizimida mavjud podstansiyalar nagruzkalarini pasaytirish imkoniyati yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2022 yil 28 sentyabrdagi 01-04-28/3563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxona bir yilda 148464 kVt∙soat (ya’ni, 4,6%) elektr energiyasi iste’molini tejashga va tungi rag‘batlantirilgan davrlarda iste’molni amalga oshirish evaziga umumiy xisobda 238 833 000 (ikki yuz o‘ttiz sakkiz million sakkiz yuz o‘ttiz uch ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
regression tahlil foydalanib, elektr energiyasi iste’mol ko‘rsatgichlari tahlili bo‘yicha vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi qiymatlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2022 yil 28 sentyabrdagi 01-04-28/3563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «O’Z AUTO AUSTEM» MChJ QK bir yilda 146520 kVt∙soat (ya’ni, 2,7%) elektr energiyasi iste’molini tejashga va tungi rag‘batlantirilgan davrlarga o‘tkazish evaziga umumiy xisobda 220 428 000 (ikki yuz yigirma million to‘rt yuz yigirma sakkiz ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
«elektr energiyasi etkazib beruvchi-iste’molchi» tizimi samaradorligini oshirish maqsadida vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi davrlarida elektr energiyasi iste’molini podstansiyadan turib monitoring qilish imkoniyati yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2022 yil 28 sentyabrdagi 01-04-28/3563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 220/35/10 kV «Bobur» podstansiyasiga sutkaning davrlarida tushadigan nagruzkalarni va podstansiyaga ulangan barcha iste’molchilarning sutka davomidagi elektr energiyasi iste’mol ko‘rsatkichlarini kuzatish imkoniyati yaratilgan;
Chust erkin iqtisodiy hududida joylashagan metall prokatini ishlab chiqaruvchi korxonaning elektr energiyasi iste’moli qariyb tuman maishiy iste’molchilarining ulushi bilan bir xil hisoblanadi. Korxonada vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimining tungi rag‘batlantirilgan davrlarida elektr energiyasi iste’molini amalga oshirish hisobiga kunduzgi davrlarda maishiy iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish mexanizmlari joriy etilgan. (respublika «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 25 avgustdagi 01-03-09/994 sonli ma’lumotnomasi va «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning 2022 yil 16 iyul AK 35-03/23 27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada metall prokatini ishlab chiqaruvchi korxonada elektr energiyasi iste’molini me’yorlash muayyan ishlab chiqarish sharoitlari uchun mahsulot birligiga zarur bo‘lgan elektr energiyasini iste’mol qilishni aniqlashga, shuningdek, butun korxona va texnologik jarayonlar bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli normalarini ishlab chiqish va elektr energiyasi iste’molida tarmoq iste’molchilarining talabidan kelib chiqib korxonada sutkaning tungi davrlari iste’molni amalga oshirish evaziga bir yilda 262836 kVt∙soat elektr energiya tejashi kutiladi hamda vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan to‘g‘ri foydalanish evaziga kutilayotgan natija summasi 7210736 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.