Umrqulova Sojida Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston janubidagi Hyalomma avlodi kanalarining faunasi va so‘lak bezi sekretining toksik xususiyatlari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.3.PhD/B113.
Ilmiy rahbar: Azimov Djalaliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy hududlarida Hyalomma avlodi kanalarining faunasi, bioekologiyasi va so‘lak bezi sekretining toksik xususiyatlarini aniqlash va kanalarga qarshi kurash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekiston ekotizimlarida Hyalomma kanalarining 6 - H. dromedarii, H. asiaticum, H. detritum, H. ssupense, H anatolicum, va H. plumbeum turlari aniqlangan;
Hyalomma avlodi kanalarining tabiiy va urbanlashgan hududlarda keng tarqalishi, uy va ovlanadigan hayvonlarning zararlanish holati aniqlangan;
Janubiy O‘zbekiston sharoitida H. asiaticum kanasining dominantligi, ushbu turning populyasiyalari miqdori va landshaftlarda keng tarqalishi bilan asoslangan;
o‘rganilgan hudud sharoitida «parazit-xo‘jayin» tizimining shakllanishi tahlil etilgan va kanalarning morfo-biologik yo‘nalishlari aniqlangan;
Hyalomma avlodi kanalari so‘lagidagi biofaol moddalar tarkibi va ularning hayvon organizmiga ta’sir mexanizmlari isbotlangan;
biofaol moddalar tarkibi fosfolipaza A, proteaza va oqsil moddalardan tashkil topganligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi hayvonlariektoparazitlariga qarshi kurash usullari takomillashtirilgan va yangi kimyoviy hamda biologik insektisidlar ta’siri samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi hayvonlari ektoparazitlari Hyalomma avlodikanalari faunasi, morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
Hyalomma ektoparazitlariga qarshi kimyoviy - azimitrin va TN-1 o‘simlik moddalar preparati chorvachilik fermer ho‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 30 avgustdagi 02/14-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, azimitrin preparati bilan qoramollarni kanasizlantirish o‘rtacha 70% va TN-1 o‘simlik preparati qo‘llanilganda o‘rtacha 80% samaradorlikka erishish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi chorvachilik fermer ho‘jaligida vektop preparati iksod kanalariga qarshi qo‘llanilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 31 oktyabrdagi 25/04-86-son ma’lumotnomasi). Natijada vektop preparati bilan qishloq ho‘jaligi hayvonlarini kanasizlantirish o‘rtacha 85% kamaytirish imkonini bergan;
Argasidae va Ixodidae oilalariga mansub 15 turdan iborat 400 nusxa kana namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 7 martdagi 4/1255-597-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalarqishloq ho‘jaligi hayvonlari kanalarifondini boyitgan va kanalar turlari xilma - xilligini aniqlash va zamonaviy faunasini o‘rganishda atlas tayyorlash imkonini bergan.