Umarova Xilola Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1063.
Ilmiy rahbar: Abdurahmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02 
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nematov Inatillo Ubaydullayevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “boshqaruv” tushunchasi tashqi muhit talablariga mos ravishda iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatini tashkil etish, olib borish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turi, “boshqaruv tizimi” tushunchasi tashqi muhit talablari doirasida faoliyatni tashkil etish, olib borish va rivojlantirish bo‘yicha funksional strategiyalar, siyosatlar va protseduralar jamlamasi sifatida boshqaruv hamda boshqaruv tizimining maqsadi, funksiyalari va tashqi muhit talablariga muvofiqligini aniq belgilash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
korporativ boshqaruv tizimida oliy boshqaruv organi hisoblanuvchi kuzatuv Kengashi tarkibida strategik nazoratga oid funksional vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘lgan maxsus organ sifatida OTM tashkiliy tuzilmasi tarkibida kuzatuv Kengashiga hisobdor bo‘lgan “Strategik prognozlash va rivojlantirish” boshqarmasini tashkil etish taklifi asoslangan;
moliyaviy mustaqillik asosida faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasalari kuzatuv kengashlari asosiy vakolatlari doirasiga innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashni kiritish orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish borasidagi funksional vazifani samarali amalga oshirilishini ta’minlash asoslangan; 
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni samarali boshqarish orqali daromad o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “boshqaruv” tushunchasining tashqi muhit talablariga mos ravishda iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatini tashkil etish, olib borish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turi, “boshqaruv tizimi” tushunchasining tashqi muhit talablari doirasida faoliyatni tashkil etish, olib borish va rivojlantirish bo‘yicha funksional strategiyalar, siyosatlar va protseduralar jamlamasi sifatida boshqaruv hamda boshqaruv tizimining maqsadi, funksiyalari va tashqi muhit talablariga muvofiqligini aniq belgilash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ta’riflari “Investisiya loyihalarini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i). Mazkur takomillashtirilgan ta’riflarning o‘quv jarayoniga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida boshqaruv hamda boshqaruv tizimining maqsadi, funksiyalari va tashqi muhit talablariga muvofiqligi bo‘yicha nazariy bilimini chuqurlashtirish hamda amaliy malaka darajasini oshirish imkoni yaratilgan; 
korporativ boshqaruv tizimida oliy boshqaruv organi hisoblanuvchi kuzatuv Kengashi tarkibida strategik nazoratga oid funksional vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘lgan maxsus organ sifatida OTM tashkiliy tuzilmasi tarkibida kuzatuv Kengashiga hisobdor bo‘lgan “Strategik prognozlash va rivojlantirish” boshqarmasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimi va moliyaviy mustaqilligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-fevraldagi 89-02-63-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv Kengashi tarkibini takomillashtirish orqali strategik rivojlanish maqsadlari, yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, samarali monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini yaratgan;
moliyaviy mustaqillik asosida faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasalari kuzatuv kengashlari asosiy vakolatlari doirasiga innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashni kiritish orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish borasidagi funksional vazifani samarali amalga oshirilishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-fevraldagi 89-02-63-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari kuzatuv kengashlari tomonidan innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etishning samarali amalga oshirilishini ta’minlash imkoni yaratilgan; 
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni samarali boshqarish orqali daromad o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimi va moliyaviy mustaqilligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-fevraldagi 89-02-63-sonli ma’lumotnomasi). 
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni samarali boshqarish orqali daromad o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning prognoz ko‘rsatkichlari vositasida uzoq muddatga mo‘ljallangan asosiy faoliyat parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish