Yusupova Go‘zal Xusan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida dizel` distillyatini gidrotozalash uchun alyumonikelmolibdenli katalizator tashuvchisini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3253.
Ilmiy rahbar: Bekturdiev G‘ulom Mavlonberdievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalil Siddiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yusupova Lola Azimovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida dizel` distillyatini gidrotozalash uchun alyumonikelmolibdenli katalizator tashuvchisini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxalliy xomashyo asosidagi organo-noorganik ingredientlarning tabiati, miqdori va nisbatiga bog‘liq holda ishlab chiqilayotgan katalizator tashuvchilarining fizik-kimyoviy va texnologik xossalaridagi o‘zgarishlar aniqlangan;
alyumonikelmolibdenli katalizatorlar tashuvchisi sifatida karbonatli-paligorskit gilmoyasini tuzilishi va tarkibiga bog‘liq holda belgilangan xossalarga ega bo‘lgan va katalitik faolligi shakllangan katalizator tashuvchilari yaratilgan;
dizel` distillyatini gidrotozalash katalizatorlari tashuvchilariga qo‘yilgan talablar asosida ularning optimal tarkibi aniqlangan va alyuminiy gidroksid hamda Navbahor karbonatli-paligorskit gilmoyasi asosida katalizator tashuvchisi ishlab chiqilgan;
dizel` distillyatini gidrotozalash uchun alyumonikelmolibdenli katalizatorlar va tashuvchining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari asoslangan;
shimdirish usuli bilan olingan uchmetalli katalizator va tashuvchisining sintezida aralashgan stexiometrik bo‘lmagan Al-Ni-Mo birikmalarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
tashuvchi tarkibiga paligorskit gilmoyasining kiritilishi nikel`molibdat faol markazlarining va katalizatorlarning katalitik hususiyatlarini ortishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom ashyolar asosida dizel` distillyatini gidrotozalash uchun alyumonikelmolibdenli katalizatorlar va ularning tashuvchisini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan yangi tashuvchi asosidagi alyumonikelmolibdenli gidrotozalash katalizatori «O‘zbekneftegaz» AJning “2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 8 fevraldagi 03-17-5/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayonlarida yoqilg‘ining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi;
mahalliy xom ashyo hisoblangan karbonatli – paligorskit gilmoyasidan tayyorlangan yangi tashuvchi asosidagi alyumonikelmolibdenli gidrotozalash katalizatori (ANMP-211) «Chinoz NQIZ» MChJning “2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 8 fevraldagi 03-17-5/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlash korxonalaridagi import qilinadigan dizel` distillyatini gidrotozalash katalizatorlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.