Amirqulov Shuhrat Olimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Agrar sohada inson kapitalining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish”, 08.00.04 – Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/iqt1084.
Ilmiy rahbar: Ergashev Rahmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.1.20.06. 
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Timur Uzakbergenovich, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar sohada inson kapitalini shakllanishini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar sohada inson kapitalining shakllanish hayot sikli modeliga ko’ra «Bekmurodov Javohir» va «Bobilov Ro’zi Murodovich» fermer xo’jaliklari (Kasbi tumani) inson kapitalining haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlari aniqlangan hamda ularning ichki tashkiliy va kadrlar tarkibini maqsadli optimallashtirish asoslab berilgan;
qishloq xo’jaligi va inson kapitalining rivojlanish jarayonining o’zaro aloqadorligiga ko’ra, inson kapitali va qishloq hududlarini uyg‘un rivojlantirish, inson kapitalini shakllantirishda dual ta’lim orqali uch va to’rt tomonlama shartnomaga asoslangan «kasb-hunar o’quv yurtlariga maqsadli yollashni tashkil etish»ning davlat xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmida amalga oshirish va hududiy hokimiyat tuzilmasida «Agrar kasb oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uyushmasi»ni tashkil etish asoslangan;
agrar sohada xodimlar qo’nimsizligini kamaytirishda korxonaning markazdan uzoq yoki yaqinlik masofasini inobatga olgan holda yosh mutaxassis kadrni muddatli shartnoma asosida mehnatga yollash, bir martalik to’lovlar to’lash va ularni mahalliy byudjet/xo’jalik subyektlari mablag‘laridan rag‘batlantirish asoslanib, unga ko’ra inson kapitalidan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
agrar sohada ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash imkoniyatlarini kengaytirishni hisobga olgan holda Qashqadaryo viloyati agrar sohasida inson kapitalini 2025 yilgacha rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrar sohada inson kapitalining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish bo’yicha olingan natijalar asosida:
agrar sohada inson kapitalini shakllanish hayot sikli modeliga ko’ra «Bekmurodov Javohir» va «Bobilov Ro’zi Murodovich» fermer xo’jaliklari (Kasbi tumani) inson kapitalining haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlari aniqlangan hamda ularning ichki tashkiliy va kadrlar tarkibini maqsadli optimallashtirish bo’yicha takliflar Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi tomonidan fermer xo’jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 04/024-1507-son, Qishloq xo’jaligi va oziq ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazining 2021 yil 25 fevraldagi 05/09-02-183-son, Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasining 2021 yil 08 yanvardagi ma’lumotnoma-lari). Takliflarning joriy qilinishi fermer xo’jaliklarining inson kapitali haqiqiy salohiyat darajasini aniqlash, kadrlar tayyorlash, inson kapitaliga oid boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish va mehnat natijalarini haqiqiy baholashning uslubiy-amaliy imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
qishloq xo’jaligi va inson kapitalining rivojlanish jarayonining o’zaro aloqadorligiga ko’ra inson kapitali va qishloq hududlarini uyg‘un rivojlantirish, inson kapitalini shakllantirishda dual ta’lim orqali uch va to’rt tomonlama shartnomaga asoslangan «kasb-hunar o’quv yurtlariga maqsadli yollashni tashkil etish»ning davlat xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmida amalga oshirish va hududiy hokimiyat tuzilmasida «Agrar kasb oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uyushmasi»ni tashkil etish taklifi O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan “Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligini istiqbolda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda hamda Qashqadaryo viloyati Qishloq xo’jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 04/024-1507-son, Qishloq xo’jaligi va oziq ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazining 2021 yil 25 fevraldagi 05/09-02-183-sonli ma’lumotnomalari). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida: mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, qaytar aloqa asosida qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va inson kapitalining sifat jihatidan o’sishiga hamda xodimlarni mehnat unumdorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
agrar sohada xodimlar qo’nimsizligini kamaytirishda korxonaning markazdan uzoq yoki yaqinlik masofasini inobatga olgan holda yosh mutaxassis kadrni muddatli shartnoma asosida mehnatga yollash, bir martalik to’lovlar to’lash va ularni mahalliy byudjet/xo’jalik subyektlar mablag‘laridan rag‘batlantirish hamda inson kapitalidan samarali foydalanish bo’yicha takliflar O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan “Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligini istiqbolda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda hamda Qashqadaryo viloyati Qishloq xo’jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 04/024-1507-son, Qishloq xo’jaligi va oziq ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazining 2021 yil 25 fevraldagi 05/09-02-183-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar viloyat agrar sohalar korxonalarida kadrlar qo’nimsizligi kamaytirishga, malakali kadrlar bilan ta’minlanish darajasini ortishiga, muayyan darajada xizmat qilgan;
agrar sohada ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash imkoniyatlarni kengaytirishni hisobga olgan holda Qashqadaryo viloyati agrar sohasida inson kapitalini 2025 yilgacha rivojlantirishning prognoz parametrlaridan O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan “Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligini istiqbolda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 04/024-1507-son, Qishloq xo’jaligi va oziq ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazining 2021 yil 25 fevraldagi 05/09-02-183-son ma’lumotnomalari). Takliflardan foydalanish istiqbol davrida viloyat agrar soha korxonalarining mutaxassislar bilan ta’minlanish, xodimlarning ommaviy kasblar bo’yicha tayyorgarlik, qishloq xo’jaligi tashkilotlarining o’rtacha rentabellik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish