Rasulmuxamedova Barnoxon Abdullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “To‘qimachilik materiallaridan issiqlik saqlovchi majmuasini tadqiq qilish va yaratish” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.1.PhD/T115  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Avazov Komil Raxmatovich texnika fanlari doktor nauk  dotsent, Axmedov Akmal texnika fanlari nomzodi katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqlik materiallari bo‘lgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish imkonini beruvchi ikkilamchi to‘ldiruvchi chiqindilarini qo‘llash orqali issiqlikdan himoya qiluvchi ratsional paketlarni shakllantirish usulini va xususiyatlarini samarali instrumental uslubini tadqiq qilish va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
        paketning hajmli shakli barqarorligini yaxshilash maqsadida mustahkamlangan tuzilishga ega to‘qimachilik materiallari va ikkilamchi chiqindilarni qo‘llash orqali paketni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan;
        issiqlik saqlovchi paket samaradorligini ta’minlash, jumladan ekspluatatsiya jarayoni va unga ta’sir etuvchi tashqi omillar xisobiga fizik-mexanik va geometrik parametrlarini o‘zgarishini xisobga oluvchi  bog‘lanish koeffisienti taklif etilgan;
        ilk bor mahsulot paketlarining termofizik xususiyatlarini aniqlash uchun maxsulotni ekspluatatsiya jarayonini real xolatga yaqinlashtirish maqsadida aerodinamik sharoitda ishlovchi eksperimental qurilma yaratilgan;
        ko‘p qatlamli paketlarning issiqlikdan himoya qilish xususiyatlarini belgilovchi xavo o‘tkazuvchanlik, nisbiy namlik, paket qalinligi kabi ko‘rsatgichlarni avtomatlashtirilgan tarzda o‘lchash algoritmi va vositalari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik materiallaridan issiqlik saqlovchi majmuasini tadqiq qilish va yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
deformatsiyalangan materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligini aniqlashga mo‘ljallangan foydali model uchun patent bilan ximoyalangan takomillashtirilgan qurilmasi va issiqlik saqlovchi mahsulotlar uchun mustaxkamlashgan tuzulishga ega bo‘lgan matodan yaratilgan yangi ko‘p qatlamli paket «Afrasiyob djins textile» MChJ korxonasida joriy etildi (“O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari” uyushmasining 27 fevral` 2023 yildagi 02/22-183-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan issiqlik saqlovchi majmualarni xususiyatlarini aniqlashning tezkorligi tufayli samaradorlik 16% ga va majmua qobig‘i uchun mustaxkamlangan tuzilishli matoni  ishlab chiqarishga joriy etilishi xomashyo xarajatlarini kamaytirib, mehnat unumdorligini 5% ga oshirish imkonini berdi, shu bilan birga yangi tarkibdagi issiqlik saqlash majmuasini amaliyotga joriy etish ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini import qilinadigan shu kabi mahsulotlarga nisbatan 19,4% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish