Bobomurodov Mirkomil Rustam o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani qayta ishlash uskunalaridan ajralayotgan chang tarkibini fraksiyalarga ajratib tozalash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2913
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Termiz muhandislik-texnologiya instituti”
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbanbaev Elyor Baxtiyarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani dastlabki ishlash jarayonidan chiqayotgan changli havoni fraksiyalarga ajratib tozalash texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani dastlabki ishlash texnologiyasidan ajralayotgan changli havoni SP-3 m3/s li siklonning silindrik qismiga aylana uzunligi bo‘ylab ikki dona USV-1,5 m3/s li siklonlarni o‘rnatish bilan changlarni fraksiyalarga ajratib tozalashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
changli mahsulotning siklon sirti bo‘ylab harakati o‘zgarmas burchak tezlik ta’sirida davriy harakat amalga oshiriladi siklon sirti yuzadan tolalarni ajratib olish nazariy tahlil qilingan va siklonning yuzasi bo‘ylab chang mahsulotlarning normal bosim kuchi aniqlangan;
changli mahsulotning siklon sirti bo‘ylab harakati o‘zgarmas burchak tezlik ta’sirida davriy harakat amalga oshiriladi siklon sirti yuzadan tolalarni ajratib olishdagi harakat tenglamasi aniqlangan;
paxta changini fraksiyalarga ajratish uchun USV-1,5 siklonlarini joylashtirish masofasini va siklonga kirishdagi havo tezligini ko‘p omilli tajribalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonasidan chiqayotgan changli chiqindilarni tozalash va tolali materiallarni yo‘qolishini oldini oladigan texnika va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chang havoni fraksiyalarga ajratib tozalovchi uskunani Surxondaryo viloyati, Muzrabod tumani, “Muzrabod-Indenim klaster” MChJ korxonasida joriy etildi (Paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasi  13.02.2023 yildagi 02/22-64 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan changni tutish siklon qurilmasida 30 minut davomida ajratib olingan tolali materiallar miqdori 514 gr.ni tashkil etib, siklonlarning atmosferaga chiqarish tuynugidan jami 70 gr. miqdorda tolali material yig‘ib olindi, tozalash samaradorligi 87,2 % ni tashkil etib, amaldagi siklondan 16,7 % ga ortiqligi aniqlandi. Siklonda yig‘ib olingan tolali material bo‘yicha ham amaldagisiga nisbatan 99 gr. ga ortiqligi aniqlandi. Takomillashtirilgan siklonda changli chiqindilarni fraksiyaga ajratib tolali materiallarni 19-23% ga ko‘proq yig‘ishga va korxona atrof muxit ekologik xolatini yaxshilanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish