Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbeklarning bola tarbiyasiga doir an’analari va innovatsiyalar (XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.DSc/Tar42.
Ilmiy maslahatchi: Arifxanova Zoya Xamidullaevna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ruza Balieva, tarix fanlari doktori; Mansur Bobomurodovich Bekmurodov, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek xalqining bola tarbiyasidagi XX asrning ikkinchi yarmi − XXI asr boshlariga oid an’analari va innovatsiyalarning mohiyatini etnologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalqiga xos bola tarbiyasi usuli tarixiy, nazariy, e’tiqodiy negizlarga, shuningdek, ko‘p asrlik tajribalarga asoslanishi oilaviy hamda ijtimoiy tarbiya kontekstida ochib berilgan va “sotsializatsiya”, “gender sotsializatsiyasi”, “repetitor” va boshqa shu kabi terminlar yangi mazmun bilan boyitilgan;
oilada reproduktiv qarashlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarib kelayotganligini xronologik tartibda uch davriy bosqich (1950 yildan 1970 yillarga qadar; 1970 yillardan mustaqillik davriga qadar; mustaqillik davri)ga bo‘lib ko‘rsatish orqali oilada tarbiya shakli va mazmunining bola soniga ham bog‘liqligi isbotlangan;
o‘zbek oilasidagi an’anaviy tarbiya usuli xalqning bola psixologik va yosh xususiyatlari haqidagi muayyan bilimi, tajribalarga asoslanib yaratilganligi, bunda onaning homiladorligidan boshlab, bola tug‘ilishi hamda uning o‘smirlik davrigacha bo‘lgan ruhiy va jismoniy xususiyatlar e’tiborga olinganligi ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarni etnografik ma’lumotlar bilan qiyoslash orqali asoslangan;
ota-onalar hamda farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar oilada ota-onaning o‘rni, mavqeini aniqlash orqali to‘rt model ko‘rinishida turkumlashtirilgan va o‘smirlik davri tarbiyasi, tarbiyaning gender xususiyatlari bo‘yicha umumiy hamda hududiy-lokal farqlanish holati aniqlangan;
o‘zbek xalqida mahallaning an’anaviy sotsializatsiya instituti sifatidagi o‘rni tarbiya jarayoniga ta’sir qiluvchi – ijtimoiy nazorat; avtoritetlar ta’siri; jamoaviy marosim va tadbirlar; tengdosh hamda tengqurlar jamoasi kabi to‘rt omil bilan bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida o‘zbeklarning bola tarbiyasiga doir an’analari va innovatsiyalarga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
o‘zbek oilasida bola tarbiyasi va unga bo‘lgan munosabatning demografik omil bilan aloqadorligi, tarbiyadagi etnolokal farqlanish, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, mahallaning jamoa nazorati sifatidagi o‘rni, ommaviy axborot vositalarining tarbiyaviy ta’siri kabi masalalarga tegishli xulosa hamda tavsiyalardan «Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati» «Yetakchi yoshlar markazi» tomonidan 2014 yil 32-28 sonli «Yosh avlodni sog‘lom turmush tarzida tarbiyalashni yanada yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlikning zararli ta’sirlaridan himoya qilishda ijtimoiy-psixologik uslublar» mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan («Yetakchi yoshlar markazi»ning 2016 yil 30 dekabrdagi 01-17/20-son ma’lumotnomasi). Bu voyaga etmaganlar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik uslublarini ishlab chiqishda, oilalarning demografik, ma’naviy-axloqiy holatini aniqlash yuzasidan tadqiqot olib borishda nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
yangi mazmun bilan boyitilgan holda tavsif etilgan «sotsializatsiya», «gender sotsializatsiyasi», «repetitor» so‘zlari izohi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2012−2016 yillar davomida bajarilgan F1‑XT‑1‑55237 raqamli «Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida nashr etilgan «Pedagogika» ensiklopediyasining III jildiga kiritilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 yanvardagi FTK-0313/59-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish xorijiy adabiyotlar asosida, yangicha yondashuv va talqindagi mazkur terminlarning mohiyatini ochish bilan bir qatorda o‘zbek tilida ularning qay darajada qo‘llanilishi hamda O‘zbekistonda sotsializatsiya, gender sotsializatsiyasi hamda repetitorlik bilan bog‘liq jarayonlar haqida aniq ma’lumotlar olish imkonini bergan;
o‘zbek xalqining bola tarbiyasidagi an’analari va innovatsiyalarga doir ilmiy natijalardan 2014−2016 yillarda «Oilaviy» telekanalida namoyish etilgan «Oila mundarijasi», «Ayol va zamon» ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Oilaviy» telekanali» davlat unitar korxonasining 2016 yil 15 noyabrdagi 39-39‑1477-son ma’lumotnomasi). Bu teletomoshabinlarga oilaviy an’analar, oila va mahallada tarbiya xususiyatlari, yosh avlod tarbiyasiga doir munosabatlardagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, ularning bola tarbiyasiga oid bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek etnopedagogikasi xususiyatlariga doir materiallar asosida «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida «Akademik soat» ko‘rsatuvi (6.09.2014 y.) tayyorlangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 10 yanvardagi 02-15/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv o‘zbek xalqining an’anaviy tarbiya usuliga doir batafsil ma’lumot olish imkonini bergan;
o‘smirlik davri va tarbiyaning gender xususiyatlariga oid uch hududda yashovchi o‘smir-respondentlarning maktablar va ommaviy axborot vositalarining tarbiyaviy ta’sir darajasiga doir qarashlari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiningyoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2018 yil 16 yanvardagi 04‑13/202‑son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir tadbirlar ishlab chiqish hamda yoshlar o‘rtasida milliy tarbiyaviy merosga oid qadriyatlarimizni targ‘ib qilishda yordam bergan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari o‘smirlarning ehtiyojlari, dunyoqarashiga oid ma’lumot olish maqsadida hududlar bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
oilada tarbiya shakli va mazmunining bola soniga ham bog‘liqligi, o‘zbek oilasida reproduktiv qarashlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarib kelayotganligi, maktablar va ommaviy axborot vositalarining tarbiyaviy ta’sirga doir qarashlari bo‘yicha yangi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidentining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasining 2018 yil 9 fevraldagi 20/2-02-25‑son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan foydalanish Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyaning ishchi dasturini ishlab chiqishda yordam bergan, shu mazmundagi mavjud qonunlarga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga asos bo‘lgan.