Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududlarining moliyaviy-investision faolligini oshirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Iqt183. 
Ilmiy maslahatchi: - Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Hududlarning moliyaviy-investision faolligini oshirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya loyihasini amalga oshirishda moliyaviy preferensiyalarni investisiya subsidiyasi (soliq va bojxona imtiyozlari) tarzida berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlarning moliyaviy-investision faolligini oshirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida eksport-import tovarlari narxini asossiz oshirish (kamaytirish) holatlarini aniqlashda bojxona qiymatini tranzaksiya bahosi orqali hisoblash taklif etilgan; 
qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalarini infratuzilmaviy loyiha sifatida loyiha oldi hujjatlarini texnik-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish taklif etilgan;
hududlarda investisiya dasturi asosida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda pul oqimlarini diskontlash usuliga asoslangan monitoring o‘rnatish zarurligi asoslangan;
hududlarning investision faolligini oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishishda  iqtisodiy  xavfsizlikni ta’minlashning YaIMga nisbatan, yalpi  xududiy maxsulotning yillik o‘sishi indikatori bo‘yicha 5,5 va inflyasiya darajasi indikatori bo‘yicha 6 foiz miqdorida   chegaraviy qiymatini belgilash taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning  moliyaviy-investision faolligini oshirishda  iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya loyihasini amalga oshirishda moliyaviy preferensiyalarni investisiya subsidiyasi (soliq va bojxona imtiyozlari) tarzida berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019yil 25 dekabrdagi O‘RQ-598-son “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 4 yanvardagi 05-10/4-son ma’lumotnomasi). Natijada investisiyalarni va investisiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyoz hamda preferensiyalarni qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
 hududlarning moliyaviy-investision faolligini oshirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida eksport-import tovarlari narxini asossiz oshirish (kamaytirish) holatlarini aniqlashda bojxona qiymatini tranzaksiya bahosi orqali hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyundagi PF-6252-son “O‘zbekiston Respublikasi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in quroligini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022 yil 26 yanvardagi 3-182-23-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan eksport-import tovarlari narxini asossiz oshirish (kamaytirish) holatlarini aniq va ishonchli shakllantirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;  
qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalarini infratuzilmaviy loyiha sifatida loyiha oldi hujjatlarini texnik-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son “Investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 07/32/3322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat tashqi qarzlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks ekspertiza qilish asosida ushbu loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy-investisiya faoliyatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan; 
hududlarda investisiya dasturi asosida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda pul oqimlarini diskontlash usuliga asoslangan monitoring o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 5 iyuldagi 
“Hududlarni rivojlantirish va investisiya dasturlarini ishlab chiqish hamda muhokama qilishda senatorlarning ishtirokini kuchaytirish to‘g‘risida”gi QQ-380-IV-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 4 yanvardagi 05-10/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda investisiya dasturlari bajarilishiga ob’ektiv baho berib borish ta’sirchan mexanizmi yaratilgan;
hududlarning investision faolligini oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishishda  iqtisodiy  xavfsizlikni ta’minlashning YaIMga nisbatan, yalpi  xududiy maxsulotning yillik o‘sishi indikatori bo‘yicha5,5 va inflyasiya darajasi indikatori bo‘yicha 6 foiz miqdorida   chegaraviy qiymatini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Hududlarda investisiya loyihalari samaradorligini monitoring qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 07/32/3322-son  ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarning iqtisodiy xavfsizlik darajasini baholash va ularni tahlil qilish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish