Ro‘zimov Bahromjon Baxodirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “ Oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish
(Andijon viloyati misolida)”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt702
Ilmiy rahbarning F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Sotvoldiyev Nodirbek Jo‘rabayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xtaboyev Abdurashid Tursunovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati oziq-ovqat sa’noat korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 Buloqboshi, Xo‘jaobod tumanlarida meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan yoshlar tadbirkorligi va sanoat zonasini tashkil qilish taklifi asoslangan;
Baliqchi, Ulug‘nor tumanlarini poliz ekinlari va baliqni qayta ishlashga, Andijon, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Oltinko‘l tumanlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
xomashyo resurslari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarish hajmining 2026-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mehnat unumdorligi, fond qiymati, fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olib oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillash-tirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Buloqboshi, Xo‘jaobod tumanlarida meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan yoshlar tadbirkorligi va sanoat zonasini tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 
1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi 06-31-2/10-4085-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona daromadlar hajmini qo‘shimcha 15 foizli ijobiy samarasini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
Baliqchi, Ulug‘nor tumanlarini poliz ekinlari va baliqni qayta ishlashga, Andijon, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Oltinko‘l tumanlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 
2022-yil 17-oktabrdagi 06-31-2/10-4085-son ma’lumotnomasi). Natijada Baliqchi, Ulug‘nor, Andijon, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Oltinko‘l tumanlarida oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish hajmining 8 foizli ijobiy samarasini oshirishga erishilgan;
xomashyo resurslari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarish hajmining 2026-yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi 06-31-2/10-4085-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat hududlarining xomashyo resurslari hamda ishlab chiqarish salohiyatining o‘zaro muvofiqligini istiqbolli o‘zgarishini baholash hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida oshirishning maqsadga muvofiq parametrlarini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan; 
mehnat unumdorligi, fond qiymati, fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olib oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini 2026-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan ko‘satkichlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022- yil 17-oktabrdagi 06-31-2/10-4085-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mehnat unumdorligi hamda fond qaytimini o‘zaro muvofiq baholash asosida oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish