Boydadaev Davron Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Oliy ta’lim muassasasi boshqaruv tizimida iqtisodiy diagnostika va uning amal qilish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1389.
Ilmiy rahbarning F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni: Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Baxodir Abdugaffarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasasini boshqarishda iqtisodiy diagnostikaning amal qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarini samarali boshqarishda istiqbolda oliy ta’lim muassasalarining reytingi va o‘z xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasasi iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yo‘nalish bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash taklifi asoslangan;
innovatsion tadbirkorlik sub’ektlariga ularning buyurtmalari asosida oliy ta’lim tashkiloti tomonidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun vaucherlar taqdim etish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari quvvatidan samarali foydalanish orqali moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisobiga muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar ulushi ko‘rsatkichining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi boshqaruv tizimida iqtisodiy diagnostika va uning amal qilish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarini samarali boshqarishda istiqbolda oliy ta’lim muassasalarining reytingi va o‘z xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 3/19-2/02-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi iqtisodiy-moliyaviy omillarni kompleks baholash hisobiga to‘lov-kontrakt summalaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasi iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yo‘nalish bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 5-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 3/19-2/02-13-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida akadem va moliyaviy mustaqillik hisobiga to‘lov-kontrakt qiymatini belgilash bo‘yicha boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
innovatsion tadbirkorlik sub’ektlariga ularning buyurtmalari asosida oliy ta’lim tashkiloti tomonidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun vaucherlar taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 3/19-2/02-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy qilish orqali oliy ta’lim muassasalarini iqtisodiy diagnostika natijalariga muvofiq rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirishni qo‘llash hamda innovatsion tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hisobiga iqtisodiy salohiyat samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari quvvatidan samarali foydalanish orqali moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisobiga muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar ulushi ko‘rsatkichining 2026 yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 3/19-2/02-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi asosida oliy ta’lim muassasalarida boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini to‘laqonli baholash hisobiga ta’lim muassasalarida resurslarning taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga hamda iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga erishilgan.