Muxtarov Maxmudjon Marifovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“To‘qimachilik sanoati korxonalarini iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1765.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiyev Sa’dullo Muxiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahridagi sobiq paypoq ishlab chiqarish fabrikasining hududida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifi asoslangan;
Baliqchi, Buloqboshi va Izboskan tumanlari sobiq ip-yigiruv fabrikalari hududlarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish taklifi ilmiy asoslangan;
ishlab chiqarish-maydonlari va quvvatlarini to‘liq ishga tushirish hisobiga to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligining 2026-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
sanoat salohiyatidan samarali foydalanish, sanoatning tarmoq va hududlari bo‘yicha diversifikatsiya darajasini oshirish hisobiga to‘qimachilik korxonasining diversifikatsiya samaradorligini 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati korxonalarini iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahridagi sobiq paypoq ishlab chiqarish fabrikasining hududida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022-yil 29-sentabrdagi 03/14-2781-son, Andijon viloyati hokimligining 2023-yil 9-martdagi 08/25-157-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligining 1,4 foizli ijobiy o‘zgarishiga erishilgan;
Baliqchi, Buloqboshi va Izboskan tumanlari sobiq ip-yigiruv fabrikalari hududlarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022-yil 29-sentabrdagi 03/14-2781-son, Andijon viloyati hokimligining 2023-yil 9-martdagi 08/25-157-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish orqali tuman va shaharlarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini samarali tashkil etish hisobiga sohaning ishlab chiqarish hajmini viloyat sanoat mahsulotlaridagi ulushi 0,3 foizga, ish bilan band bo‘lganlardagi ulushi 0,4 foizga samarali ijobiy o‘zgarishiga erishish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqarish-maydonlari va quvvatlarini to‘liq ishga tushirish hisobiga to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligining 2026-yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022-yil 29-sentabrdagi 03/14-2781-son, Andijon viloyati hokimligining 2023-yil 9-martdagi 08/25-157-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan maqbul foydalanish hisobiga to‘qimachilik sanoati korxonalarining rivojlantirish parametrlarini maqsadga muvofiq begilash orqali samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan;
sanoat salohiyatidan samarali foydalanish, sanoatning tarmoq va hududlari bo‘yicha diversifikatsiya darajasini oshirish hisobiga to‘qimachilik korxonasining diversifikatsiya samaradorligini 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022-yil 29-sentabrdagi 03/14-2781-son, Andijon viloyati hokimligining 2023-yil 9-martdagi 08/25-157-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va mahsulotlar turining to‘qimachilik korxonalariga ta’sirini baholash hisobiga diversifikatsiyani rivojlantirish ko‘rsatkichlarini begilash asosida uning samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish