Shoxiyon Almossho Nabotning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Povishenie dolgovechnosti mexanizmov mashin putem texnologicheskoy obrabotki poverxnosti”, 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ko‘lob texnologiyalar va innovatsion menejment instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Obidov Ziyodullo Raxmatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Amikul Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor;
Umurzakov Akromjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Albagachiyev Ali Yusupovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinosozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘q kesimining profilini modifikatsiyalash hisobiga yuzaga texnologik ishlov berish yo‘li bilan mashinalar mexanizmlarining xizmat qilish muddatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silindrik ishqalanish yuzalarining xizmat qilish muddatini oshirish uchun kontakt chizig‘i bo‘ylab bosimning bir tekisligini ta’minlaydigan ko‘ndalang profilni yaratish zarurligi aniqlangan;
silindrik ishqalanish yuzasining optimal profilini cheksiz lentalar bilan silliqlashda qirqish rejimlarini optimallashtirish usullari ishlab chiqilgan;
egri chiziqli ishchi ishqalanish yuzalarining sifatining qonuniyatli o‘zgarishini EMIB da tok kuchini yoki yuzani plastik deformatsiyalashda ishchi bosimni o‘zgartirish hisobiga ta’minlash mumkinligi asoslangan;
konstruksiya qo‘shimcha qurilmalar bilan takomillashtirilganda yigiruv mashinasi xizmat qilish muddati, ishonchliligi va ish qobiliyati darajasi oshirish ishlab chiqilgan;
skandiy bilan legirlangan rux-alyuminiy qotishmasidan korroziyaga bardoshli himoyalovchi qoplamadan foydalanilganda tirsakli va taqsimlovchi vallarning ishchi yuzalarining xizmat qilish muddati ortishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mashinalar mexanizmlarining ishchi yuzalarining xizmat qilish muddatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
alyuminiy va skandiy bilan ruxdan ishlangan qotishmalardan tayyorlangan himoya qoplamalari Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Natijada mashina detallarining xizmat muddati 8-10% ga oshgan;
mashinalar mexanizmlarining uzelllariga, xususan tirsakli val va taqsimlovchi valga qoplamalar qoplash texnologiyasi Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Natijada detallarning korrozion bardoshliligi 18-20% ga oshgan;
mashinalarning detallariga qoplash uchun ishlab chiqilgan tarkib Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Natijada material sarfi 1,1-1,2 martaga kamaygan;
mashinalarning tirsakli vali mexanizilarining ishchi yuzalariga ishlov berish rejimi Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi).. Joriy qilish natijasida tirsakli valning yedirilishga bardoshliligi 10-12% ga oshgan;
mashnalarning mexanizmlariga ishlov beruvchi qurilmada ishlov berish texnologiyasi Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida tishlashish koeffisiyenti 6-8% ga oshgan;
tirsakli valga mexanik ishlov berishdan keyin termik ishlov berish rejimi Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida tirsakli valning qattiqligi va mustahkamligi 12-14% ga oshgan;
taqsimlash valiga mexanik ishlov berishdan keyin termik ishlov berish rejimi Tojikiston Respublikasi “Iќlim” MCHJ korxonasida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida taqsimlash valining mustahkamligi 8-9% ga oshgan.
ishlab chiqilgan rejimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish yiliga 250 ming AQSH dollari miqdorida iqtisodiy samara olish imkonini bergan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-336 ma’lumotnomasi). Qotishma himoya qoplamasidan foydalanishdan keladigan iqtisodiy samara tajovuzkor muhitlarda ishlaydigan to‘qimachilik uskunalarining xizmat qilish muddatining uzayishi hisobiga yiliga 755 AQSH dollarini tashkil qiladi (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-330 ma’lumotnomasi).
Tojikiston Respublikasi «Korgoњi mashinasozї» davlat unitar korxonasida ularning xizmat qilish muddati va yedirilishga bardoshliligini oshirish uchun ishlab chiqilgan kulachokli mexanizmlarning ishchi yuzalariga ishlov berish texnologiyasi asosida olinadigan foyda besh yilda 14 991 AQSH dollarini tashkil qiladi (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-337 ma’lumotnomasi).
Tojikiston Respublikasi “Kulyab-Tekstayl” MCHJ da Schlafhorst firmasining (Germaniya) Autocoro 288 pnevmoyigirish mashinasi avtoprisuchalshigining POSICOM-a tizimidagi datchigini qo‘shimcha himoyalaydigan yangi qurilmani qo‘llash asosida mashinaning turib qolishini kamaytirish va yigiruv mashinalarining unumdorligini oshirish hisobiga iqtisodiy samara 238 524 AQSH dollarini tashkil qilgan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-329 ma’lumotnomasi).
Tojikiston Respublikasi «Korgoњi mashinasozї» davlat unitar korxonasida ularning yuzasiga skandiyli Zn55Al qotishmadan ishqalanuvchi uzelllarni tayyorlash va qayta tiklashda ularning ishchi yuzasinining xizmat qilish muddatini oshirishni ta’minlaydigan qoplama qoplash evaziga ishqalanuvchi uzellarning xizmat qilish muddatining ortishi hisobiga yiliga 812 AQSH dollar iqtisodiy samara olindi (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar Vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-339 ma’lumotnomasi).