Uraqov Shokir Ulashovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gibrid intellektual tizimlarda kollegial diagnostik qarorlarni qabul qilishning algoritmlari va usullari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T191.

Ilmiy rahbar: Safarov Tashpulat, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Qobulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘rinbaev Erkin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: echim qabul qilishda TLIK texnologiyaga asoslangan gibrid intellektual tashxisiy echim qabul qilishni qo‘llovchi tizimning usul, model, algoritm va dasturiy majmualarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gibrid intellektual tashxisiy echim qabul qilishni qo‘llovchi tizimning TLIK usul bilan ishlovchi va ko‘p karrali tasdiqqa asoslangan umumiy sxemasi ishlab chiqilgan;

ekspertlar kompetentliligi  integral ko‘rsatkichi va ekspertlar bergan  baholarining moslik darajasini hisobga olgan holda tashxisiy echim qabul qilishning ko‘p o‘lchovli matrisali ehtimoliy va bosqichma-bosqich mushohada etuvchi mantiqiy modellari yaratilgan;

gibrid intellektual tashxisiy echim qabul qilishni qo‘llovchi tizimni qo‘llab tashxis qo‘yish jarayonini optimallashtirish va davolash jarayonini boshqarish usul va algoritmlari ishlab chiqilgan;

gibrid intellektual tashxisiy echim qabul qilishni qo‘llovchi tizimni ishlash jarayonini modellashtirishning integrallashgan algoritmi va kollegial tashxislashning dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tashxisiy echim qabul qilishni qo‘llovchi tizimni tadqiq etish maqsadida yaratilgan matematik model, algoritm va dasturiy majmualar asosida:

tibbiy diagnostika jarayonini avtomatlashtirish tizimining algoritm va dasturiy vositasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 13 fevraldagi 33-8/999-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan dasturiy vositani qo‘llash orqali bemorlarga birlamchi tashxis qo‘yish davrini 3 barobarga kamaytirish va tashxislash bilan bog‘liq moddiy xarajatlarni 65,9% ga kamaytirish imkonini bergan;

tibbiy tashxislash jarayonini avtomatlashtirishning dasturiy majmuasi Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 13 fevraldagi 33-8/999-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tashxis ishonchliligini 10-15% ga oshirish imkoni yaratilgan;

tibbiy tashxislash jarayonini avtomatlashtirishning dasturiy vositasi Samarqand shahri “Bionurmedservis” MChJ tibbiy diagnostika markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 13 fevraldagi 33-8/999-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida birlamchi tashxis qo‘yish jarayoni vaqtini 18,2% ga va moddiy xarajatlarni 16,6% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish