Paluanov Baxtiyar Aralbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta-to‘qimachilik klasterlarida toylanmagan tolalardan ip yigirishning texnologik parametrlarini asoslash”                                 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.3.PhD/T3173
Ilmiy rahbar: Pirmatov Abdumalik, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-to‘qimachilik klasterlarida toylanmagan tolalardan ip yigirish tizimining texnologik parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani dastlabki ishlashda toylash va ip yigirishda titish jarayonlarini qisqartirish asosida “toylanmagan tolalardan uyg‘unlashgan tizimda ip yigirish texnologiyasi” ishlab chiqilgan;
Cleanomat tizimidagi  tola tozalash mashinasida arra tish old qirrasida tolalarning harakat tenglamasi olingan va toylanmagan tolalarning toylangan tolalarga nisbatan arra tishlardan tezroq ajralishini nazariy dinamik model asosida aniqlangan;
toylangan va toylanmagan tolalarni tozalashda titilmagan tolalar tutamchalarining soni, har bir tutamcha hajmi va massasi o‘rganilib, toylanmagan tolalar uchun tozalash mashinasining texnologik parametrlari asoslangan;
toylanmagan tolalardan uyg‘unlashgan ip yigirish tizimining texnologik parametrlari asoslangan va halqali usulda Ne 32/1 ipni yigirishning  texnologik rejimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani dastlabki ishlashda toylash, yigirishda titish  o‘timlarni qisqartirish asosida toylanmagan tolalardan uyg‘unlashgan tizimda ip yigirish texnologiyasida ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida:
toylanmagan tolalardan uyg‘unlashgan tizimda ip yigirish texnologiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (FAP 02065, “Chigitli paxtadan ip yigirishning potok liniyasi” 2022 y) olingan. Natijada olinadigan ipning uzilish kuchini oshirishga imkoniyat yaratilgan;
toylanmagan tolalardan uyg‘unlashgan tizimda ip yigirish texnologiyasi   “Bo`ston Mega Tekstil”  MChJ va “Real Tex Tashkent” MChJ korxonalarida  joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil  9 yanvardagi                03/25-53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tajriba varianti ipi korxona varianti ipidan uzulish kuchi (Rkm) ko‘rsatkichi bo‘yicha 10,88 % ga pishiq ekanligi aniqlangan, tayyor maqsulotning chiqish miqdori me’yor buyicha korxona variantida 86,89%  bo‘lib, tajriba variantida 88,03%  ni tashkil etilgang, ya’ni ip chiqishi 1,14% ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish