Kambarova Shaxnozaxon Mirvoxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda innovatsiya jarayonlari rivojlanishi sharoitida kichik biznesning eksport salohiyatini oshirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4/PhD/lqt1481. 
Ilmiy rahbar: Tursunxodjayev Marat Lutfullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.1.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat texnika universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsiya jarayonlarining rivojlanishi sharoitida kichik biznesning eksport saloxiyatini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlashning izchil chora-tadbirlari majmuini eksport salohiyatining to‘rtta darajasining ball bo‘yicha baholash chegaralari [0% ≤ ESD1≥ 50%; 51% ≤ ESD2 ≥ 90%; 91% ≤ ESD3> 100%; ESD4 = 100%] kesimida amalga oshirish asoslangan;
kichik biznesning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsiya jarayonlarini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi iqtisodiyot tarmoqlar kesimida eksport va innovatsiya jarayonlarini o‘zaro muvofiq holda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznesning eksport salohiyatini oshirish omili bo‘lgan innovatsiya faoliyati, innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, texnologiyalar transferi uchun sharoit yaratish, innovatsiya mahsulotlariga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish samaradorligini kichik biznes sub’ektlarining innovatsion jarayonlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari orqali ta’minlash asoslab berilgan;
O‘zbekistonda innovatsiya jarayonlarining rivojlanishi sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriluvchi eksport hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.O‘zbekistonda innovatsiya jarayonlari rivojlanishi sharoitida kichik biznesning eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlashning izchil chora-tadbirlari majmuini eksport salohiyatining to‘rtta darajasini ball bo‘yicha baholash chegaralari [0%≤ESD1≥50%; 51% ≤ ESD2 ≥ 90%; 91%≤ESD3>100%; ESD4=100%] kesimida amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining kichik biznes eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash dasturi loyihasini tayyorlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1334-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatimizning kichik biznes sub’ektlari eksport salohiyatini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
kichik biznesning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsiya jarayonlarini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini iqtisodiyot tarmoqlar kesimida eksport va innovatsiya jarayonlarini o‘zaro muvofiq holda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1334-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi F-5689-sonli farmoyishi hamda “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 24 avgustdagi PF-6314-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan;
kichik biznesning eksport salohiyatini oshirish omili bo‘lgan innovatsiya faoliyati, innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, texnologiyalar transferi uchun sharoit yaratish, innovatsiya mahsulotlariga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish samaradorligini kichik biznes sub’ektlarining innovatsion jarayonlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari orqali ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining kichik biznes sub’ektlari eksport salohiyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1334-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarining innovatsion jarayonlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari asosida kichik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarning raqobatbardoshligi ta’minlangan va eksport qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda innovatsiya jarayonlarining rivojlanishi sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriluvchi eksport hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining kichik biznes sub’ektlari eksport salohiyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1334-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda kichik biznes sub’ektlari eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga erishildi hamda ularning amalga oshirilishi kichik korxonalar eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash strategiyasining yaratilishi va qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatning jadallashuviga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish