Xudayberganova Zarofat Zaxidovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1594
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sharbat Zulfiqarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari ustav kapitalining 15 foiz ulushini xorijiy investorlarga sotish orqali tashqaridan zamonaviy korporativ boshqaruv va masofaviy bank xizmatlari amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
onlayn muddatli omonat va onlayn jamg‘arma depozitlarni joriy etish taklif etilgan holda jamg‘arma depozit hajmini 10,2 foizgacha oshirish asoslangan;
onlayn kreditlar berishda depozit va kreditlarning muddatiga mos ravishda differensiatsiya asosida foiz belgilash amaliyotini qo‘llash orqali banklarning onlayn kredit xizmatlari jozibadorligini oshirish asoslangan;
onlayn muddatli va jamg‘arma depozitining ulushini oshirish orqali bankning barqaror resurslari hajmini ko‘paytirish va onlayn kredit xizmatlari ko‘lamini oshirishning 2025 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari ustav kapitalining 15 foiz ulushini xorijiy investorlarga sotish orqali tashqaridan zamonaviy korporativ boshqaruv va masofaviy bank xizmatlari amaliyotini joriy etish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yilga  mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil 11 avgustdagi 07-08/4800-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankining moliyaviy resurslari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,5 foizga  yoki 83,8 mlrd so‘mga ortgan hamda bankning banklararo raqobat bozoridagi o‘rni mustahkamlangan;
onlayn muddatli omonat va onlayn jamg‘arma depozitlarni joriy etish taklif etilgan holda jamg‘arma depozit hajmini 10,2 foizgacha oshirish bo‘yicha taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan bankning 2022 yilga mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil 11 avgustdagi 07-08/4800-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning onlayn muddatli  omonatlari hajmi  8,3 foizga oshgan va onlayn jamg‘arma depozitlari hajmi  esa 10,2 foizga ortishiga xizmat qilgan.
onlayn kreditlar berishda depozit va kreditlarning muddatiga mos ravishda differensiatsiya asosida foiz belgilash amaliyotini qo‘llash orqali banklarning onlayn kredit xizmatlari jozibadorligini oshirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil uchun «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil 11 avgustdagi 07-08/4800-son ma’lumotnomasi). Natijada bank tomonidan berilgan onlayn kreditlar ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga ortib, 85,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
onlayn muddatli va jamg‘arma depozitining ulushini oshirish orqali bankning barqaror resurslari hajmini ko‘paytirish va onlayn kredit xizmatlari ko‘lamini oshirishning 2025 yilgacha prognozi bo‘yicha taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil uchun «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2022 yil 11 avgustdagi 07-08/4800-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit siyosati takomillashtirilgan, biznes reja prognozi ssenariylari ishlab chiqilgan va o‘tgan yilga nisbatan bank onlayn xizmatlari 15 foizga ko‘paygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish