Babaxanova Nilufar Usmandjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Temir yo‘l transporti faoliyati ko‘rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tadqiqi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati misolida)”,
08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1581
Ilmiy rahbar: Sultanova Sonya Maxmudovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergasheva Shaxlo Turg‘unovna, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlarini statistik tahlil qilish, ekonometrik modellarini tuzish hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘l transporti faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha amaliy faoliyatini kompleks statistik baholash maqsadida sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shish hisobiga hisob va hisobot tizimi takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning asosiy faoliyatini tavsiflovchi hajm va sifat ko‘rsatkichlarining ko‘p omilli statistik tahlil etish asosida
kompaniyaning sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan;
temir yo‘l transportida turli birlamchi hujjatlar, maxsus kuzatish birliklari, statistik kuzatish turlari, dasturlari, shuningdek statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usullari qo‘llanilgan holda yuk va yo‘lovchi tashishni joriy kuzatuvlari takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti kompaniyasining ekspluatatsion faoliyati, rentabellikni oshirish yo‘llari va harakatlanuvchi tarkibning doimiy monitoringini o‘tkazish modeli ishlab chiqilgan, uning asosida 2023-2026 yillar bo‘yicha o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transportida yuk tashish jarayonlarining iqtisodiy-statistik tadqiqi natijalari asosida:
temir yo‘l transporti faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha amaliy faoliyatini kompleks statistik baholash maqsadida sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shish hisobiga hisob va hisobot tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 4 yanvardagi №04/28-23 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalarida tashish jarayoni bilan bevosita bog‘liq ekspluatatsion xarajatlarni umumlashtirish hamda operativ tarzda statistik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish imkonini yaratgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning asosiy faoliyatini tavsiflovchi hajm va sifat ko‘rsatkichlarining ko‘p omilli statistik tahlil etish asosida
kompaniyaning sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlari baholash bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 4 yanvardagi №04/28-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik mamlakatimiz miqiyosida temir yo‘l transporti salohiyatidan majmuaviy foydalanish, transport tizimini rivojlanishiga omillar ta’sirini statistik baholash imkonini kengaytirgan;
temir yo‘l transportida turli birlamchi hujjatlar, maxsus kuzatish birliklari, statistik kuzatish turlari, dasturlari, shuningdek statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usullari qo‘llanilgan holda yuk va yo‘lovchi tashishni joriy kuzatuvlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 4 yanvardagi №04/28-23 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik temir yo‘l transportining hisob va hisobot tizimini statistik baholash imkonini kengaytirgan;
temir yo‘l transporti kompaniyasining ekspluatatsion faoliyati, rentabellikni oshirish yo‘llari va harakatlanuvchi tarkibning doimiy monitoringini o‘tkazish modeli ishlab chiqilib, uning asosida tuzilgan 2023-2026 yillar bo‘yicha o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 4 yanvardagi №04/28-23 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik transport tashish faoliyatini statistik baholash orqali kelgusi davrlar uchun istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlarini statistik hisoblash imkonini oshirgan.