Yadgarov Karim Abdullayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni umumkasbiy fanlar negizida muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari (Yonilg‘i va moylash materiallari fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4233.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat unuversiteti. 
Ilmiy rahbar: Shomirzayev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Nurullayeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Muxammad Maxmudovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalariga Yonilg‘i va moylash materiallari fanini o‘qitish asosida ularda muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning innovatsion kasbiy kreativ qobiliyatlarini (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni integrativ yondashuv asosida integratsiyalash orqali umumkasbiy fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) kengaytirilgan;
ma’lumotlar bazasining ko‘payishi va rivojlanganlik muhitida talabalarning innovatsion kasbiy faoliyatidagi tayyorgarlik qobiliyatlari (nostandart fikrlash, konstruktiv loyihalash va yaratuvchanlik)ni takomillashtirish va rivojlantirishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, tamoyillari, ta’limning shakl va vositalari aks ettirilgan o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
umumkasbiy fanlarni o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali talabalarni innovatsion kasbiy muhandislik faoliyatiga tayyorlash metodikasi agregiratsiya va dekompozisiya kabi muhandislik uslubiyatlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning “Yonilg‘i va moylash materiallari” fanini o‘qitish ularda innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorgarligining adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarni umumkasbiy fanlar negizida muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning innovatsion kasbiy kreativ qobiliyatlarini (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni integrativ yondashuv asosida integratsiyalash orqali umumkasbiy fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) kengaytirilgan takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022 yillarda bajarilgan ERASMUS+dasturi asosida 586292-YERR-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: O‘zbekistonda yangi AKTga asoslangan Magistratura yo‘nalishi”) mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 13-yanvardagi OE/01-01-130-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif va tavsiyalar talabalarning muhandislik kasbiy faoliyatga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ma’lumotlar bazasining ko‘payishi va rivojlanganlik muhitida talabalarning innovatsion kasbiy faoliyatidagi tayyorgarlik qobiliyatlari (nostandart fikrlash, konstruktiv loyihalash va yaratuvchanlik)ni takomillashtirish va rivojlantirishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, tamoyillari, ta’limning shakl va vositalari aks ettirilgan o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish, muhandislik uslubiyatlari (agregiratsiya, dekompozisiya) asosida umumkasbiy fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali talabalarni innovatsion kasbiy muhandislik faoliyatiga tayyorlash metodikasi takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022 yillarda bajarilgan - “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida innovatsion ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 13-yanvardagi OE/01-01-130-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumkasbiy fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali talabalarni innovatsion kasbiy muhandislik faoliyatiga tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarning “Yonilg‘i va moylash materiallari” fanini o‘qitish ularda innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorgarligining adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022 yillarda bajarilgan - “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida innjvatsion ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 13-yanvardagi OE/01-01-130-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan bo‘lajak muhandislarning tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish